Qutlimurotova Nigora Hakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ba’zi siyrak va siyrak-er metallarini aniqlashning vol`tamperometrik va konduktometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/K41.
Ilmiy maslahatchi: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergash, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat uchun ahamiyatli bo‘lgan siyrak va siyrak-er metallarini aniqlashning vol`tamperometrik va konduktometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor imid- va nitrozoguruh tutgan organik reagentlarning (β-gidroksietilmaleinimid va 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disul`fo-kislotalar) sifat ko‘rsatkichi yarim to‘lqin potensiallari aniqlangan;
β-gidroksietilmaleinimid va 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disul`fokislotaning siyrak va siyrak-er metall ionlari (Sc(III), Y(III), Eu(III), Pr(III), Ce(III) va Th(IV)) bilan vol`tamperometrik va konduktometrik titrlash egrilari fon elektrolitlar va bufer aralashmalarning kislotali muhitlarida hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor vol`tamperometrik va konduktometrik usullar yordamida siyrak va siyrak-er metall ionlarining (Sc(III), Y(III), Eu(III), Pr(III), Ce(III) va Th(IV)) β-gidroksietilmaleinimid va 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disul`fokislota bilan hosil qilgan komplekslarining barqarorlik konstantalari aniqlangan;
ilk bor siyrak va siyrak-er metall ionlarini (Sc(III), Y(III), Eu(III), Pr(III), Ce(III) va Th(IV)) β-gidroksietilmaleinimid va 2,7-dinitrozo-1,8-digidroksinaftalin-3,6-disul`fokislota reagentlari bilan aniqlash usullari yaratilgan;
siyrak va siyrak-er metall ionlarini aniqlashning gibrid ekstraksion-amperometrik va ekstraksion-konduktometrik usullari ishlab chiqilgan, ularni model` binar, uchlamchi va real tabiiy ob’ektlar hamda sanoat materiallarini imitirlovchi murakkab aralashmalar tarkibidan siyrak va siyrak-er metall ionlarini aniqlashning selektivligi oshganligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan siyrak va siyrak-er metall ionlarini aniqlashning amperometrik va konduktometrik usullarining boshqa al`ternativ usullardan analitik va metrologik xususiyatlari yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siyrak va siyrak-er metallarini aniqlashning vol`tamperometrik va konduktometrik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
siyrak va siyrak-er metall ionlarini konduktometrik aniqlash usuli «Elektrokimyo» AJ ishlab chiqarish korxonasida amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyo» AJning 2018 yil 28 fevraldagi 239-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usullar sintez qilingan organik reagentlar yordamida siyrak va siyrak-er metall ionlarini real ob’ektlarda mikrogramm miqdorlarda aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan vol`tamperometrik va konduktometrik usullarda siyrak va siyrak-er metall ionlarini imid va nitrozoguruh tutgan reagentlar bilan aniqlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 21 oktyabrdagi 63-598/1-son ma’lumotnomasi). Natijada siyrak va siyrak-er metall ionlarini aniqlashning yuqori qayta tiklanuvchan va tezkor uslubini yaratish imkonini bergan; 
siyrak va siyrak-er metallarining amperometrik titrlash natijalari YoF-7-03 raqamli «Aromatik birikmalarni etilolimidlar bilan proton va aproton kislotalar ishtirokida maqsadli sintezini o‘rganish» mavzusidagi loyihasida imidli komplekslar hosil qilib titrlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 89-03-2743-son ma’lumotnomasi). Natijada siyrak va siyrak-er metall ionlarini imidguruh tutgan organik reagentlar bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari elektrokimyoviy usullar yordamida aniqlash imkonini bergan;
siyrak va siyrak-er metallarning imidli birikmalar bilan amperometrik aniqlash uslubiga taklif va tavsiyalardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Analitik kimyo» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Guvohnoma, №394-288). Natijada siyrak va siyrak-er metallarni imidlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasi yordamida titrlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish