Artikova Hafiza Tuymurodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi tuproqlarining evolyusiyasi, ekologik holati va unumdorligi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/V81.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Ramazan Qo‘zievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sahro mintaqasida voha tuproqlari shakllanishining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tuproq elementar jarayonlarining tuproq unumdorligi va ekologik holatini belgilashdagi rolini aniqlash hamda hozirgi sharoitda tuproqlardan samarali foydalanish va muhofazalashga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sahro mintaqasida voha tuproqlarining shakllanishi, morfogenetik xususiyatlari –genetik gorizontlarning vujudga kelishi, qalinligi, tuproq profilida sho‘rlanish jarayonlarining ma’lum vaqt va makonda o‘zgarishi ochib berilgan;
voha tuproqlarining evolyusiyasida tabiiy sharoitlar hamda antropogen omilning o‘zaro ta’siri va aloqasi aniqlangan, shuningdek inson faoliyati natijasida madaniy landshaftlarning vujudga kelish sharoitlari asoslangan;
sahro mintaqasi voha tuproqlari profilida sug‘orish suvlari ta’sirida gumusning sintezi va mineralizatsiyasi, tuz tarkibi va migratsiyasi, shuningdek tuproqlarning biologik va agrokimyoviy xossalari o‘zgarishi aniqlangan;
voha tuproqlar evolyusiyasi jarayonlarining namoyon bo‘lishi, jadalligi va xarakteri, ularning tabiiy tuproqlar elementar jarayonlaridan farqlari aniqlangan hamda tuproqlarni sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi darajasiga qarab, voha tuproqlarining shakllanish bosqichlari aniqlangan;
sug‘oriladigan tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajalari aniqlangan, ularni oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasi tuproqlarining evolyusiyasi ekologik holati va unumdorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklari erlaridan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar” Buxoro viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 03-05-7638-son ma`lumotnomasi) Natijada viloyat sug‘oriladigan tuproqlarining xossa-xususiyatlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda voha er resurslaridan samarali foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
“Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklari uchun tuproq muhofazasi va ekologik-meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar” Buxoro viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 03-05-7638-son ma`lumotnomasi). Natijada voha sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik va meliorativ holatini yaxshilash, tuproqlar unumdorligini tiklash va muhofazalash bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan;
Buxoro viloyati Buxoro tumani sug‘oriladigan tuproqlarining 1:25000 masshtabda mexanik tarkib xaritasi tumandagi 22,627 ming gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 03-05-7638-son ma`lumotnomasi). Natijada tuman sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi va sho‘rlanish darajasini hisobga olgan holda agrofizik va agromeliorativ tadbirlarni o‘tkazish, jumladan, sho‘r yuvish, tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish, maqbul me’yorlarda sug‘orish, mineral va organik o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash imkonini bergan;
Buxoro vohasi Buxoro tumani O.Ubaydov massivining 1:10000 masshtabli sho‘rlangan tuproqlar kartogrammasi massivning 2,324 ming gektar sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 03-05-7638-son ma`lumotnomasi) Natijada massivdagi sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanish darajasini hisobga olgan holda sho‘r yuvish me’yorlari, muddatlari va sonini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Buxoro viloyati Buxoro tumani O.Ubaydov massivining 1:10000 masshtabli tuproq xaritasi massivning 2,324 ming gektarga er maydonida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 03-05-7638-son ma`lumotnomasi). Natijada massivdagi tuproq tiplarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni belgilash imkonini bergan.