Orazimbetova Zlixa Qdirbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq vaqtli matbuoti tilining uslubiy xususiyatlari», 10.00.03–Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Fil149.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minova Patima Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik davrida qoraqalpoq tilida nashr etilgan vaqtli matbuotning tili va uslubiy xususiyatlarini tizimli ravishda, respublika, tuman, soha gazetalari hamda jurnal materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq vaqtli matbuotidagi axboriy (xabar, reportaj, interv`yu, hisobot), tahliliy (maqola, korrespondensiya, taqriz, xat) va badiiy-publisistik (lavha, ocherk) janrlardagi materiallar tilining uslubiy xususiyatlari tizimli ravishda ochib berilgan;
matbuot tilida qoraqalpoq adabiy tilining leksik-grammatik vositalarini to‘g‘ri qo‘llash, tilning ichki imkoniyatlariga rioya qilish holatlari, tilimizga boshqa tillardan so‘z va atamalarning kirib kelishi bilan leksikamizning boyishi, ammo ayrim holatlarda boshqa tillardan kelib kirgan so‘zlarning naoto‘g‘ri qo‘llanilishi aniqlangan;
hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida so‘z yasalishining yangi shakl va usullari, vaqtli matbuot tilida so‘zlarning leksik va funksional uslubiy o‘zgarishi, matbuot tilining ta’sirchanligi, emotsional va ekspressivlikni ta’minlashda yangi zamonaviy jihatlarning mavjudligi isbotlangan;
qoraqalpoq vaqtli matbuoti tili va uslubida oxirgi o‘ttiz yil mobaynida kuzatilgan leksik o‘zgarishlar, yangi frazeologik birliklarning paydo bo‘lishi va ularning evolyusion sifatlari aniqlangan;
matbuot reklamalarining tili qisqa, aniq, oddiy, tushunarli va bir yo‘nalishga qaratilgan bo‘lishi, mahsulot va xizmat turlari haqida ma’lumot berishi, unda fikrning ta’sirchanligini ko‘chaytirish uchun undov so‘zlar, so‘roq gaplar, metafora va epitetlardan foydalanish maqsadga muvofiqligi oydinlashtirilgan;
mustaqillik davri matbuot tilida umumxalq tilida mavjud bo‘lgan frazeologizmlar bilan birgalikda gazeta frazeologizmlari ham paydo bo‘lgani, gazeta frazeologizmlari bilan umumxalq frazeologizmlarining iste’molda bo‘lish muddatlari har xilligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri qoraqalpoq vaqtli matbuoti tilining uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilish asosida:
matbuot tili va janrlar uslubi publisistik uslubning alohida bir ko‘rinishi ekanligi, matbuot tilining adabiy til tarkibida to‘tgan o‘rni, gazetalardagi yozish muammolarni hal qilish borasidagi xulosalardan respublika, tuman va soha gazetalarida amalda yo‘l qo‘yilayotgan leksik, grammatik, uslubiy xato va kamchiliklarning oldini olish, qoraqalpoq adabiy tili me’yorlariga rioya qilish, so‘z va iboralardan to‘g‘ri foydalanishni takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston axborot agentligining 2019 yil 12 martdagi 01-166/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq vaqtli matbuotidagi turli janrdagi materiallarning mazmun jihatidan yanada boyishiga, matbuot tilidagi ba’zi lisoniy va uslubiy kamchiliklarni bartaraf etishga va kelgusidagi xatolarning oldini olishga xizmat qilgan;
mustaqillik davri qoraqalpoq vaqtli matbuoti tilidagi lug‘aviy o‘zgarishlar, yangi so‘z va iboralarning paydo bo‘lishi, bunda boshqa tillarning ta’siri, gazeta tili va uslubi, media matnlarning xususiyatlari masalalari, qardosh xalqlar jurnalistikasida matbuot tilining o‘rganilishiga oid nazariy umumlashmalar va ma’lumotlar Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti Qirg‘iz filologiyasi va jurnalistika fakul`tetida «Media proektirovanie», «Literaturnoe redaktirovanie i publisisticheskiy stil`», «Mediaproeksiya» fanlarini o‘qitish sifatini oshirishda foydalanilgan (O‘sh davlat universitetining 2019 yil 17 iyuldagi 1018-son ma’lumotnomasi). Natijada vaqtli matbuot janrlari tilining uslubiy xususiyatlari aniqlanib, milliy matbuot materiallarining turkiy xalqlar matbuoti janrlarining tili bilan mushtarakligi xususidagi yangi ma’lumotlar bilan boytilishiga xizmat qilgan;
qoraqalpoq ommaviy axborot vositalari tili va janrlar uslubi, nutq va yozish madaniyatining ilmiy va amaliy ahamiyati xususidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Sөz gәo‘hari», «Tilge itibar – elge itibar» ko‘rsatuvlarining amaliy ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompa-niyasining 2019 yil 2 martdagi 01-02/77-son ma’lumotnoma). Natijada, ommaviy axborot vositalarida so‘z va iboralardan to‘g‘ri foydalanish, til madaniyatiga e’tibor qaratish, qoraqalpoq adabiy tilining leksik-grammatik vositalarini to‘g‘ri qo‘llash, ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlaganda qoraqalpoq adabiy tilining ichki imkoniyatlarini hisobga olish, tilimizga boshqa tillarning ijobiy va salbiy ta’sirlari haqidagi fikr-mulohazalar ko‘rsatuvlarning ta’sirchanligi va til madaniyatiga e’tiborning ortishiga asos bo‘lgan;
qoraqalpoq ommaviy axborot vositalari tilidagi ba’zi bir lisoniy va uslubiy xato, nuqson hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olingan xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya markazi tomonidan keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya markazining 2019 yil 1 maydagi 01-08/85-son ma’lumot-nomasi). Natijada, tadqiqotdagi ilmiy natijalar ona tili va davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, yozish madaniyatining yanada yuksalishi, lisoniy va uslubiy kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
vaqtli matbuotning axborot tarqatish, ta’sir ko‘rsatish, baho berish kabi vazifalarini bajarishda adabiy til vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga doir bildirilgan nazariy fikrlardan matbuot materiallarining ijodiy saviyasini, sifatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 19 apreldagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning va ijodkorlar tilning jamiyat tafakkuri rivojidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, tushunish, o‘zlashtirish hamda yozishda ularning kasbiy mahoratining oshirilishiga yordam bergan;
qoraqalpoq vaqtli matbuoti tilining uslubiy xususiyatlari va unda yangi so‘zlarning yasalishi va qo‘llanishi, qo‘llanish me’yorlariga doir asosli xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining «Hozirgi zamon qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalish» mavzusidagi FA-F1-G003 raqamli fundamental loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 12 iyuldagi 38/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq vaqtli matbuotidan olingan materiallar mazkur loyiha ishining yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga va hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida so‘z yasalishining yangi shakl va usullarini aniqlashga ma’lum darajada asos bo‘lgan.