Ibragimov Aziz Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Benzoy kislotasi monohosilalari va etanolaminlar asosidagi koordinatsion birikmalarning tuzilish xususiyatlari», 02.00.01–Noorganik kimyo; 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/K68.
Ilmiy maslahatchilar: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sidikov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sabirov Vaxabdjan Xusanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benzoy kislotalarning monohosilalari va etanolaminlar asosidagi aralash-ligandli metall kompklekslarni sintez qilish, yangi birikmalarni monokristal shaklida olish, ularning tuzilishidagi spesifik xususiyatlarni ko‘rsatib berish va bir nechta metall komplekslar misolida biologik faolliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 31 ta yangi modda sintez qilingan (26 ta MK), ularning monokristallari olingan hamda molekulyar va kristal tuzilishi RST yordamida aniqlangan; 
ilk bor DEA molekulalari koordinatsion sferada mer-izomer sxemasiga muvofiq joylashgan MK sintez qilingan; 
ilk bor Kembridj strukturalar ma’lumotlari banki (KSMB)da ro‘yxatdan o‘tgan p-aminobenzoykislota (PABK)ning 5 turdagi polimerlariga qo‘shimcha tarzda  yangi polimerlanish usuliga ega bo‘lgan yana 3 ta birikma olingan; 
metall komplekslar orasida noyob turdagi izomorfizmning mavjudligi aniqlangan, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir metallni boshqasiga va anionni uning boshqa bir geometrik izomeriga almashtirilsa ham moddalar izostrukturaviylikni saqlab qolganligi isbotlangan; 
BKning  turli monohosilalari va EAlar o‘rtasida  hosil bo‘lgan barcha to‘rtta organik tuzda kation va anion bir xil molekulalararo vodorod bog‘lari yoki graf-seti R22(9) bo‘lgan sintonlar yordamida hosil bo‘lishi aniqlangan;
aralash-ligandli MK olish orqali biofaollikni sezilarli oshirish mumkinligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sintez qilingan yangi MK va organik tuzlar tuzilishi hamda ularning biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan 31 ta yangi moddaning tuzilishi Angliyadagi xalqaro ma’lumotlar bazasi KSMBga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/solutions/csd-system/components/csd/). Natijada bazaga kiritilgan yangi moddalar o‘xshash moddalarni sintez qilishda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
aralash-ligandli MK va tuzlarning tarkibi hamda tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlardan xorijdagi 24 ta impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda sintez qilingan kompleks birikmalarning fizik-kimyoviy tahlili uchun foydalanilgan (RSC Advances, 2016, V.6, №2, Journal Impact Factor, IF 3,108; Inorganic Chimica Acta, 2016, V.444, Journal Impact Factor, IF 2,002; Zeitschrift für Kristallographie 2016, V.231, Journal Impact Factor, IF 1,31, Coordination Chemistry Reviews, Volume 348, 2017, IF-14.499, Polyhedron, 2017, V.130, IF-2.28, New Journal of Chemistry, 2017, I.20, IF-3.201, Acta Crystallographica Section C, 2018, C74, IF-0.903, Journal of Molecular Structure, 2018, V.1163, IF-2.011, Transition Metal Chemistry, 2018, V.43, IF-1.016, Polyhedron, 2018, V.139, IF-2.067, Inorganic Chimica Acta, 2018 V.469, IF-2,43), Acta Crystallographica Section E, 2019, E75, IF-0.502, Journal of Molecular Structure, 2019, Volume 1176, IF-2.12 va h.k.). Natijada yangi aralash-ligandli komplekslarni sintez qilish va ularning elektron spektri va magnit xossalarini tavsiflash imkoni yaratilgan;
yangi aralash-ligandli metall komplekslarni olish usuli FA-F7-012 raqamli «Polifunksional ta’sirli qator metallarning aralash-ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari» mavzusidagi loyihada ekinlarning o‘sishini tezlashtiradigan bir qator yangi aralash-ligandli koordinatsion birikmalarni sintez qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 4/1255-2804-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi preparatlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
organik tuzlar va aralash-ligandli metall komplekslar Navoiy va Xorazm viloyatining paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 5/T-8-3256-son ma’lumotnomasi). Natijada preparatlar g‘o‘zaning o‘sishini sezilarli tezlashtirishi va hosildorligini 5 foizdan 15 foizgacha oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish