Kidirbaev Baxram Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston zamonaviy arxitekturasida monumental-bezak san’atining shakllanish va rivojlanish yo‘llari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.4.PhD/A23.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Hidoyatov Timur Abrorovich, arxitektura doktori, professor; Gil`manova Nafisa Valiaxmetovna, arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston shahar muhiti ekster`eri va landshaft arxitekturasida monumental-bezak san’atini shakllantirish va rivojlantirishning istiqbolli yo‘llarini aniqlash va zamonaviy arxitekturaga milliylik xususiyatlarini kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat binolarida mahobatli bezak san’ati monumental mozaikali (1960–80 yy.), rel`efli (1980–90 yy.) va devoriy naqsh (mustaqillik yillari) bezaklari kabi bosqichlarda shakllanganligi aniqlangan;
qoraqalpoq milliy liboslaridagi geometrik, zoomorf, buyumli, o‘simliksimon an’anaviy bezak elementlari zamonaviy arxitektura binolari bezaklarida keng qo‘llanilayotganligi aniqlangan;
shahar muhitini obodonlashtirishda va ko‘kalamzorlashtirishda rel`ef bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmalar, suv dizayni vositalari, landshaft dizayni vositalari, kichik arxitekturaviy shakllar va yorug‘lik vositalari, mahobatli-bezak san’ati vositalari kabi beshta dizayn komponentlaridan foydalanish yaxshi samara berishi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston monumental-bezak san’atining badiy xususiyatlari, kompozisiyaviy usullari, koloriti, girih, zoomorf o‘simliksimon naqshlari, ularning o‘zaro geometrik uyg‘inligi aniqlangan;
Nukus shahridagi Amfiteatr binosi ekster`eri va turar joy binolari uchun xalq amaliy san’atiga xos devoriy naqshlarning grafik, badiiy–grafik modellari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston zamonaviy arxitekturasida monumental-bezak san’atining shakllanish va rivojlanish yo‘llari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
monumental bezaklar loyihasi va turar joy binolari uchun xalq amaliy san’atiga xos devoriy naqshlar bo‘yicha takliflardan Nukus shahridagi «Amfiteatr» binosi ekster`erida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 01-07/01-10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Qoraqalpog‘iston shaharsozlik amaliyotida monumental-bezak san’atini rivojlantirishning samarali yo‘llarini topish imkonini bergan;
milliy naqshlar shaklida yaratilgan landshaft arxitekturasi bo‘yicha takliflardan Nukus shahrining markaziy ko‘chalari ko‘chalarini me’moriy – rejaviy tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 01-07/01-10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi arxitektura va shaharsozlikda monumental-bezak san’atini rivojlantirishning istiqbolli yo‘llarini shakllantirishga xizmat qilgan;
qadimdan to hozirgi kungacha Qoraqalpog‘iston hududida bunyod etilgan bino va inshootlarda mavjud bo‘lgan monumental-bezak san’atining xususiyatlari, kompozisiyaviy usullari, koloriti, geometrik, zoomorf va o‘simliksimon naqshlari, ularning o‘zaro uyg‘unlik jihatlari, shuningdek mahobatli bezak san’atining jamoat binolarida monumental mozaikali (1960–80 yy.), rel`efli (1980–90 yy.) va devoriy naqsh (mustaqillik yillari) bezaklari kabi bosqichlarda shakllanganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan IG-914 raqamli loyihada foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2018 yil 11 dekabrdagi 15/11-21-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbiq etilishi Ichan Qal’a qo‘riqxonasi tarixiy muzey hududining bezaklarini an’anaviy uslublarda yaratish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish