Kazaxbaev Capsen Seilbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «XX asr oxiri–XXI asr boshlarida qoraqalpoq bolalar adabiyoti evolyusiyasi, janrlar tarkibi va poetikasi», 10.00.12–Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil143.
Ilmiy maslahatchi: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat kursatayoggan muassasa nomi, IK rakami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Kuuanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonkulov Jabbar Solievich, filologiya fanlari doktori; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotniig maqsadi: XX asr oxiri–XXI asr boshidagi qoraqalpoq bolalar adabiyotining evolyusiyasi, janr xususiyatlari, poetikasini o‘rganish va yozuvchilar, dramaturglar asarlarining g‘oyaviy-badiiy, janriy, shakliy tamoyillari, qoraqalpoq milliy badiiy tafakkuri kontekstida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq yozma bolalar adabiyoti halq og‘zaki ijodining bolalarga mo‘ljallangan topishmoqlar, tez aytishlar, o‘yin qo‘shiqlari, ertaklar singari janrlari asosida og‘zaki va yozma adabiyot namunalari asoslangan;
qoraqalpoq bolalar adabiyotining mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishi jahon xalqlari bolalar adabiyoti, rivojlanish tendensiyasi rus mumtoz bolalar adabiyoti va umumturkiy mumtoz pandnoma adabiyotiga bevosita bog‘liqligi XX asrning birinchi yarmi qoraqalpoq bolalar adabiyoti namunalari asosida dalillangan;
qoraqalpoq bolalar adabiyotining tur va janrlarga ajratilishi, she’riy, nasriy va dramatik turlarga mansub turli janrlar paydo bo‘lishi qoraqalpoq yozma adabiyotining takomili bilan bevosita bog‘liqligi va unga jahon, ayniqsa, rus bolalar adabiyotidan qilingan tarjimalarning ta’siri aniqlangan;
qoraqalpoq bolalar adabiyotining janriy tarkibi xalq og‘zaki ijodi an’analarining badiiy evolyusiyasi va poetik transformatsiyasi natijasida shakllangan qo‘shiq, terma, to‘lg‘ov, topishmoq, tez aytish, aytishuv-o‘yin hamda ertak syujetlarini ijodiy qayta ishlash natijasida yuzaga kelgan ertak-ramz, ertak-aniz, ertak-afsona, ertak-rivoyat, ertak-poema, ertak-doston singari murakkab kontominatsion o‘zgarishlarga ko‘ra boshqa turkiy xalqlar bolalar adabiyotidan farqlanishi asoslangan;
ilk marotaba qoraqalpoq bolalar adabiyoti takomilida jahon xalqlari bolalar adabiyotidan qilingan tarjimalar salmoqli o‘rin tutib, bolalar adabiyoti namunalarining qoraqalpoq tiliga tarjima qilinishi tarixi XX asrning 30–40-yillari, 50–60-yillari, 70–80-yillari va istiqlol davri tarjimachiligi tarzida to‘rt bosqichga ajratilib, davrlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq bolalar adabiyoti evolyusiyasi, janrlar tarkibi va poetikasi masalalarini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy asosida:
qoraqalpoq bolalar adabiyotining maydonga kelish, tarkib topish va shakllanish umumadabiyotdan farqli jihatlari, xususan, tarbiyaviylik va ma’rifiylik yetakchi mavqe kasb etish xususiyatlari, uning halq og‘zaki ijodi bilan chambarchas bog‘liqligi bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 16 oktyabrdagi 17-01/147-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq bolalar qo‘shiqlarining  shakliy xususiyatlarini o‘rganishda dissertatsiya bo‘yicha nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosiy manba sifatida qo‘llanilgan;
qoraqalpoq yozuvchilarining badiiy nutq shakllarini qo‘llashga doir  ilmiy-nazariy xulosalar yozuvchi uslubi, asar syujeti va kompozisiyasi, obraz va xarakter yaratish mahorati bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 16 oktyabrdagi 17-01/147-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq bolalar adabiyoti mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan keng yaratishda muhim asos bo‘lgan;
qoraqalpoq bolalar adabiyotining o‘ziga xosliklari haqidagi xulosalardan Sh.Esenov nomidagi Kaspiy davlat universiteti qozoq bolalar adabiyoti darsligida amaliy-nazariy jihatdan qiyoslashda, tipologik o‘xshashliklarni aniqlashda foydalanilgan (Sh.Esenov nomidagi Kaspiy davlat universtitetining 2019 yil 19 iyuldagi 116-son ma’lumotnomasi). Bu qozoq va qoraqalpoq bolalar adabiyoti har ikkala xalq fol`klori bilan tipologik qiyosiy o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini qiyoslashga xizmat qilgan;
qoraqalpoq bolalar adabiyoti namoyandalari adabiy merosining yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar Berdaq milliy muzeyida qoraqalpoq shoirlari hayoti va adabiy meroslari bo‘yicha ekspozisiyalarni yanada mazmunan boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 2-04/1716-son ma’lumotnomasi). Natijada qator qoraqalpoq shoirlarining adabiy muhitidagi o‘rni, ijodining o‘ziga xosligi, poetik asarlarida yaratilgan lirik qahramonlar obrazining komil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
qoraqalpoq bolalar poeziyasi, epik asarlarda va dramaturgiyada badiiy mahorat masalalari, XX asr oxiri–XXI asr boshlarida qoraqalpoq bolalar adabiyoti evolyusiyasi, janrlar tarkibi va poetik xususiyatlari, nutq shakllarining badiiy-estetik mohiyatiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Adabiyot va davr”, “Gavhar so‘zlar”, “Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 01-02/421-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar qoraqalpoq bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiy merosini o‘rganish orqali nomoddiy madaniy merosning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni hamda xalq ma’naviy hayoti va ijtimoiy munosabatlar poetik talqinini ochib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish