Jumaniyazova Dilnoza Maxsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan kislotabardosh zangga qarshi qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T861. 
Ilmiy rahbar: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Sayfiddin Muxiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadirova Shahnoza Abdulxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy sanoati chiqindisi gossipol smolasi va mahalliy resurslar asosida import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan kislotabardosh zangga qarshi qoplamalar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipol smolasini suvsizlantirib, 2200S haroratda termik oksidlangan tarkibdagi fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi faol holatda bo‘lmagan  funksional guruhlar qayta trasformatsiyalanishi, faollashishi va polimerlanish xossalarining kuchayishi aniqlangan;
termik oksidlangan gossipol smolasiga mahalliy resurslar ta’sirlari, ya’ni bunda gossipol smolasi (89,0%): SaO (2,0%): ZnO (2,0%): N3RO4 (6,0%): (CH2)6N4(1,0%) iborat tarkib eng maqbul ekanligi, tarkibning yuqori haroratlarda korroziyaga qarshiligini yanada kuchaytirishga tarkibga K2Cr2O7 (2,0%) va ZnSO4(2,0%) kiritish orqali muqobil birikmalar hosil qilishi va ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
gossipol smolasi, fosfat kislotasi, geksametilentetramin va gidroliz lignini asosida Orolbo‘yi regionlari sharoitida tayyorlanayotgan beton konstruksiyalarning armaturalarini korroziyadan himoyalovchi optimal tarkibi (mas.%) 48,5–49,5:0,5–1,0:49,5 bo‘lganda, himoya darajasi 98,7% gacha etishi aniqlangan;
kislotabardosh korroziyaga qarshi qoplamalar ishlab chiqarishning prinsipial texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yog‘-moy sanoat chiqindisi gossipol smolasi va mahalliy resurslar asosida import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan kislotabardosh zangga qarshi qoplamalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kislotabardosh zangga qarshi vosita olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 22518677-02:2016). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati, texnologik jarayonini nazorat qilish va ushbu kompaundlarni sotish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kislotabardosh zangga qarshi vositalar “Maksam-Chirchiq” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 6 sentyabrdagi 03-5495-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon andozalariga mos keladigan kislotabardosh zangga qarshi qoplamalar ishlab chiqarish va ushbu tur mahsulotlarning importi o‘rnini bosish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish