Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida pensiya ta’minotiningmoliyaviy barqarorligini ta’minlash”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt511.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamqulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pensiya jamg‘armasi xarajatlarini optimallashtirish maqsadida zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa hamda dafn etish marosim uchun nafaqalarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklif etilgan;
fuqarolarning pensiya miqdorlari ularni mehnat stajlari davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘lishi hamda ularni sug‘urta tizimida faol qatnashishlarini rag‘batlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
istiqbolda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirib borish, bunda fuqarolarning pensiyaga chiqish huquqini olishlari uchun mehnat staji va pensiya yoshiga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish taklif etilgan;
ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan Pensiya jamg‘armasiga ishlamayotgan oila a’zolari uchun ixtiyoriy ravishda har bir oy uchun qo‘shimcha sug‘urta to‘lovlari (badallari)ni to‘lash huquqini berish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanuvchi nafaqalarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2019 yil 4 martdagi ShD/30-01-32-240-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining yiliga o‘rtacha hisobda 237,7 mlrd. so‘m miqdordagi mablag‘larini iqtisod qilinishiga va jamg‘armaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash imkonini yaratgan;
mehnat stajlari davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘lishi hamda ijtimoiy sug‘urta tizimida faol qatnashishlarini rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2018 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan (19.09.2018 y., 16118-son) majlis bayonining 2-ilovasi “Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va 2019-2030 yillarda davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish chora-tadbirlari dasturi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2019 yil 4 martdagi ShD/30-01-32-240-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish, qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi normalarni joriy qilish, pensiyalarni hisoblashning sodda va shaffof hamda rag‘batlantiruvchi xarakterdagi mexanizmlarini joriy qilish, ijtimoiy adolat prinsiplarining ta’minlanishiga xizmat qilgan;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi bandligi, ish o‘rinlarining yaratilishi, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining oshib borishi, tibbiyot sohasining taraqqiyoti kabi omillarni hisobga olgan holda istiqbolda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirib borish, bunda fuqarolarning pensiyaga chiqish huquqini olishlari uchun mehnat staji va pensiya yoshiga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2018 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan (19.09-son) majlis bayonining 2-ilovasi “Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va 2019–2030 yillarda davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish chora-tadbirlari dasturi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2019 yil 4 martdagi ShD/30-01-32-240-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ish stajiga mutanosib ravishda pensiya miqdorlarini oshirish hamda pensiya ta’minoti tizimining muvozanatlashgan holdagi moliyaviy barqarorligini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
istiqbolda fuqarolarni kafolatlangan pensiya ta’minoti bilan qamrab olish maqsadida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan Pensiya jamg‘armasiga ishlamayotgan oila a’zolari uchun ixtiyoriy ravishda har bir oy uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha sug‘urta to‘lovlari (badallari)ni to‘lash huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2018 yil 16 sentyabrda tasdiqlangan (19.09-son) majlis bayonining 2-ilovasi “Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va 2019–2030 yillarda davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish chora-tadbirlari dasturi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 2019 yil 4 martdagi ShD/30-01-32-240-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning pensiya sug‘urtasi tizimi bilan qamrab olish darajasi oshirilgan va pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.