Yuldashev Doniyor Tairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti; 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt791.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi huzuridagi  DSc.27.06.2017.I.16.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Ma’mura Muxiddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy faolligini oshirishda oilaviy mehmonxonalarni tashkil etish mexanizmi «manzilli buyurtma», «mikrohududiy muhofaza» hamda barqaror infratuzilma ta’minoti asosida takomillashtirilgan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishning iqtisodiy mexanizmi «Toza hudud» davlat unitar korxonasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSh) faoliyatining muayyan qismini oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarining «yakka tartibdagi tadbirkor – oilaviy tadbirkor – oilaviy korxona» yo‘nalishi bo‘yicha harakatini rag‘batlantirish orqali oilaviy korxonalarning salmog‘ini oshirish va iqtisodiy faolligini ta’minlash asoslangan;
oilaviy korxonalar faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish kafolat jamg‘armalari, imtiyozli kredit hamda markazlashgan texnika ta’minotining uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy faolligini oshirishda oilaviy mehmonxonalarni tashkil etish mexanizmini «manzilli buyurtma», «mikrohududiy muhofaza» hamda barqaror infratuzilma ta’minotiga oid taklifdan «Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining 2019 yil 10 maydagi 1771/04-son hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining 2019 yil 15 maydagi 01/O.A-985-03-son ma’lumotnomalari). Mazkur mexanizmni amaliyotga joriy etish natijasida viloyat hududlari bo‘yicha oilaviy mehmonxonalarni tashkil etish faolligi ortgan, yangidan tashkil etilgan hamda faoliyati kengaygan korxonalar hisobiga tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari soni ko‘paygan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishning iqtisodiy mexanizmini «Toza hudud» davlat unitar korxonasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSh) faoliyatining muayyan qismini oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tkazish asosida takomillashtirish taklifidan «Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining 2019 yil 10 maydagi 1771/04-son hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining 2019 yil 15 maydagi 01/ O.A-985-03-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tegishli idoraviy tizimlar faoliyatini davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish hajmi qisqargan, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha raqobat muhiti shakllangan va xizmatlar sifati ortgan. Shu bilan bir vaqtda ko‘rsatilgan sohalarda yangi oilaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarining «yakka tartibdagi tadbirkor – oilaviy tadbirkor – oilaviy korxona» yo‘nalishi bo‘yicha harakatini rag‘batlantirish orqali oilaviy korxonalarning salmog‘ini oshirish va iqtisodiy faolligini ta’minlash taklifidan «Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining 2019 yil 10 maydagi 1771/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
oilaviy korxonalar faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishni kafolat jamg‘armalari, imtiyozli kredit hamda markazlashgan texnika ta’minotining uyg‘unligi bo‘yicha taklifidan «Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish dasturi» hamda «Farg‘ona viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini moliyaviy tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining 2019 yil 10 maydagi 1771/04-son hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining 2019 yil 15 maydagi 01/O.A-985-03-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida oilaviy korxonalar faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish