Eshmirzaeva Matluba Abdishukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish (elektromagnetizm bo‘limi misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped124.
Ilmiy rahbar: Quvondiqov Obloqul Quvondiqovich, fizika matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish mexanizmlarini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalar kasbiy kompetentliligini shakllantirishning (t`yutorlik, mentorlik, bending, setting kabi o‘qitish shakllarini amaliyotga tatbiq etish yordamida) mazmuni va metodik (adaptiv, kognitiv va kreativ) komponentlari takomillashtirilgan;
fizikaning elektromagnetizm bo‘limini o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy-metodik muammolarni (ilmiylik, mantiqiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilish, maqsadga yo‘naltirishni tashkil qilish, individual tajribani qo‘llash, ijtimoiy-tarixiy tajriba bilan moslashtirish) tahlil qilish, o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalar kasbiy kompetentliligini shakllantirish imkoniyatlari va omillari aniqlangan;
fizikaning elektromagnetizm bo‘limiga oid mustaqil ijodiy (loyihalash, keyslarni tashkil qilish, namoyishli eksperimentlarni tashkil qilish) ishlarning shakllari, motivatsion, faoliyatga doir va aksiologik komponentlari tashkiliy-pedagogik strategiyalarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
elektromagnetizm bo‘limiga oid laboratoriya qurilmalari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan va mavjud laboratoriya ishlari modifikatsiya qilinib, talabalarning kasbiy kompetentlilik darajasi (texnik layoqati, ijodkorlik, refleksiv qobiliyat) rivojlantirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida fizika darslarini tashkil etish, takomillashtirish hamda amaliyotga tatbiq etishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida talabalarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
fizikaning elektromagnetizm bo‘limini o‘qitishda talabalarning ijodiy motivatsiyasini, mustaqil va tanqidiy fikrlash faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikma hamda kompetensiyasini rivojlantirishga oid materiallardan A-1-33 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy kompetentliligini shakllantirishning mazmun-mohiyati takomillashtirilib, interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari vositasida ularda t`yutorlik, mentorlik qobiliyatlarni rivojlantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
fizikaning elektromagnetizm bo‘limiga oid materiallarni loyihalash, keys va namoyishli eksperimentlarni tashkil qilish, faoliyatga doir va tashkiliy-pedagogik strategiyalarni integratsiyalashga oid materiallar “Fizikani o‘qitishda innovatsion strategiyalarni qo‘llash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4149-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan materiallar va o‘quv qo‘llanmaning joriy etilishi fizikaning o‘quv-metodik majmuasini yaratishga va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda pedagog kadrlarning kompetentlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan.
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bilan bog‘liq kasbiy kompetentlilikni shakllantirish, interfaol texnologiyalarga oid takliflar “Fizikani o‘qitishda innovatsion strategiyalarni qo‘llash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari o‘quv-metodik ta’minotining boyishiga va talabalarda hozirgi zamon fizikasining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilim hamda umumiy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon bergan;
talabalar mustaqil ijodiy ishlarining shakllari, motivatsion, faoliyatga doir va aksiologik komponentlariga oid takliflardan ITD-1.A-1-173 raqamli “Yoshlarning umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4149-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha talabalarda tadqiqotchilik, ijodiylik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, refleksiv qobiliyatni rivojlantirishda aksiologik komponentlar ustuvorligini oshirishga xizmat qilgan.