Kadirov Maxamadzarif Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «3d-metallarning N-almashgan hosilali α-aminokislotalar bilan komplekslarini sintezi va sertifikatlash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi; 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K238.
Ilmiy rahbarlar: Yunusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Qirg‘izov Shaxabiddin Mirzaraximovich, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti, Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.27.06.2017.K.05.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dexqonov Raxmatilla Sultanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent; Abdullabekova Viloyatxon Nurullabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki va uch valentli biogen 3d-ionlarining Shiff asoslari bilan yangi koordinatsion birikmalarini yaratish va farmakologik faol dori vositalarini sintez qilishning optimal usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Co(II), Cu(II) va Ni(II) aralash ligandli komplekslarni toksikligini Co(II), Ni(II), Cu(II), Fe(III) va Zn biometallarning salisil al`degidi, piridoksal, asparagin va glutamin kislotalari hamda U vitamini asosida hosil qilingan mono- va ikki yadro tabiatli Shiff asoslari bilan koordinatsion birikmalarini sintez qilish sharoitlari aniqlangan;
ilk bor tarkibida tabiatiga ko‘ra farqlanuvchi metall markazlari bo‘lgan kompleks ichidagi-molekulyar turdagi aminokislotalarning N-o‘rin almashgan hosilalarining ikki yadroli komplekslari olingan;
ligandlarning raqobatli koordinatsiyasi, komplekslardagi metall markazlarining konfiguratsiyalari aniqlangan;
ichki koordinatsion sfera tabiatining elektron o‘tishlar energiyasiga ta’sir etishi asoslangan va ularning qiymatlari bo‘yicha bir qator spektr-kimyoviy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
markaziy atom tabiati, ligandlar raqobatli koordinatsiyasiga bog‘liq omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
3d-metallarning N-almashgan hosilali α-aminokislotalar bilan komplekslarini sintezi va sertifikatlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qon hosil qilish va antidot xususiyatlarga ega bo‘lgan kobal`t(II)ning α-ketoglutar va glutamin kislotalari bilan birikmasi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP05669, 2018 y.). Natijada qon hosil qiluvchi hamda antidot xususiyatlarga ega bo‘lgan dori vositalarini olish imkonini bergan;
qon hosil qilish va antidot xususiyatlarga ega bo‘lgan kobal`t(II)ning metilmetioninsul`foniy xlorid va glutamin kislota bilan birikmasi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP05671, 2018 y.). Natijada biogen metallarning ligandli komplekslarini sintezi orqali dori vositalarini olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kamqonlikka qarshi «Glutafer» (trisakvo trisgidroksid di(m-gidrokso) monoo‘rin almashgan glutaminat-O,N) di-temir(III)) preparati uchun 3004 90 000 3 xalqaro kod raqami davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 16 avgustdagi 1/16-414-son ma’lumotnomasi). Natijada antianemik dori vositalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkonini bergan.