Xasanova Shoxista Boboxolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (9-sinf, biologiya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped657.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Safarov Qalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ahrarova Zebuniso Bahromovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini elektron ta’lim resurslaridan foydalanish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda biologiyadan tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari mul`timediali ta’lim vositalarini (ko‘rgazmali, interaktiv, avtomatlashtirilgan) pedagogik jarayonlarga integratsiyalash shartlari va xususiyatlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
kompyuter orqali qayta aloqa va muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan elektron axborot ta’lim muhiti tuzilmasi integratsiyalashgan yondashuvlarning didaktik imkoniyatlari (kogerentlik, sinektika, introeksiya)ni kiritish asosida ishlab chiqilgan;
biologiya fani o‘qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish jarayonlari ta’limiy-dasturiy vositalar tarkibiga integrallashgan testlar va korreksiyalash elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
tayanch va biologiya faniga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minoti integrativ texnologiya bosqichlarida “Infobio” o‘quv videomuloqot jarayoni mazmunini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda biologiyadan tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarini shakllantirish bosqichlari, mul`timediali ta’lim vositalarini pedagogik jarayonlarga integratsiyalash shartlariga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta  va o‘rta maxsusb kasb  hunar ta’limining  davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash  to‘g‘risida”gi 187-son qarori bilan tasdiqlangan  umumiy o‘rta  ta’lim Davlat ta’lim  standartini ishlab chiqishda qo‘llangan  (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 17 oktyabrdagi  01/11-01/01-2290-son  ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim mazmunini tizimlashtirish va o‘quv materiallarini strukturalash samaradorligi takomillashtirilgan;
kompyuter orqali qayta aloqa va muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan elektron axborot ta’lim muhiti tuzilmasi integratsiyalashgan yondashuvlarning didaktik imkoniyatlariga oid takliflar “Biologiya 9-sinf” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazi, biologiya fani bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashining 2019 yil 2-son qarori, 01/11-01/01-2291-son hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi  89-03-3485-son  ma’lumotnomalar) Natijada integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning tayanch va va fanga doir xususiy kompetensiyalari samaradorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
biologiya fani o‘qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish jarayonlari ta’limiy-dasturiy vositalar tarkibiga integrallashgan testlar va korreksiyalash elementlarini kiritish, tayanch va biologiya faniga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirishning metodik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalardan P3-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi  89-03-3485-son  ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning ta’limiy-dasturiy vositalar bilan ishlash layoqatini va o‘quvchilar  kompetensiyalarini shakllantirish  imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish