Hayitov Ruslan Rustamjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan aminlar eritmalarini tozalash uchun mahalliy xomashyodan faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi; 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T256.
Ilmiy maslahatchilar: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Narmetova Gul`nara Rozikulovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazlarni aminli tozalash jarayonida ishlatilgan alkanolamin eritmalarini organik va noorganik qo‘shimchalardan tozalash uchun mahalliy xomashyo asosida yuqori samarali faollashtirilgan ko‘mir olish  texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parafin, naften, aromatik uglevodorodlar, kondensat fraksiyalari kabi gidrofob va spirtlar, aminospirtlar kabi gidrofil moddalarning hamda noorganik tuzlarning alkanolaminlar eritmalarining ko‘piklanish qobilyatiga ta’siri aniqlangan;
meva danaglari po‘stlog‘i asosida mikrog‘ovakli samarali faollashtirilgan ko‘mir olishda faollashtirish jarayonining optimal rejimi – harorati 850°S hamda davomiyligi 2 soatga tengligi aniqlangan;
olingan ko‘mirning tuzilish, g‘ovaklilik va adsorbsiya xususiyatlarini aniqlash orqali uning mikrog‘ovakli adsorbentlar turiga mansubligi (mikrog‘ovaklarining umumiy hajmi 0,262 m3/kg ga teng) va quyi parafinlar, naften, aromatik uglevodorodlarni hamda yuqori smolasimon moddalar kabi ko‘pik hosil qiluvchi organik moddalarni yaxshi adsorbsiyalashi isbotlangan; 
faollashtirilgan ko‘mir tarkibida birlamchi amid CO-NH2, karbonil S=O, alken –S=S– vinil >S=SN2, alkin ≡S–N kabi funksional guruhlarning saqlanganligi va aynan shu guruhlar hisobiga ko‘mir organik qo‘shimchalardan tashqari noorganik qo‘shimchalar, ya’ni Na+, K+, NH4+, Ca2+, Mg2+ metall kationlarini ham ion almashinish yo‘li orqali adsorbsiyalashi isbotlangan;
neft` kimyosi uchun zarur bo‘lgan reagent texnik siklogeksan meva danaglari po‘stlog‘idan olingan yangi faollashtirilgan ko‘mir yordamida tozalashning samarali usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy gazni aminli tozalash jarayonida ishlatilgan alkanolaminlar eritmalarini yangi faollashtirilgan ko‘mir yordamida adsorbsion tozalash qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va uning asosida pilot qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tabiiy gazni aminli tozalash jarayonida ishlatilgan aminlar eritmalarini tozalash uchun meva danaglari po‘stlog‘idan faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tabiiy gazni aminli tozalashda ishlatilgan etanolaminlarni adsorbsion tozalash uchun faollashtirilgan AU-KU ko‘miri texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan 
(Ts 23766064-09:2018). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon bergan; 
yangi faollashtirilgan ko‘mir AU-KU «Gazlineftgazqazibchiqarish» UShKga qarashli «Uchqir» oltingugurtdan tozalash qurilmasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 28 oktyabrdagi 02/17-5-1214-son ma’lumotnomasi). Natijada DEA eritmasi tarkibidagi oltingugurtli birikmalarini 5,40%dan 0,35%gacha va ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shimchalarni 23,55%dan 3,60%gacha tozalash imkonini bergan;
yangi faollashtirilgan ko‘mir AU-KU «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 28 oktyabrdagi 02/17-5-1214-son ma’lumotnomasi). Natijada amalda 40% MDEA eritmasini tozalashda qo‘llanilayotgan import qilinayotgan AG-3 rusumli faollashtirilgan ko‘miri o‘rniga mahalliy yangi AU-KU faollashtirilgan ko‘mirini ishlatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish