Mirzakarimova Maloxat Abduvaxitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/V103.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori; Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atmosfera havosini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik aerogen kimyoviy ifloslantiruvchilarini organizmining biologik muhitiga kompleks ta’siri xavfini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atmosfera havosidagi 35 ta kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning nafas olish va qon aylanish tizimi, qonning biokimyoviy jarayonlarga zararsiz bir martalik, o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik ruxsat etilgan konsentratsiyalarni vaqt bo‘yicha differensiyalangan gigienik me’yoriy darajasi ishlab chiqilgan;
1, 2, 3 va 4 xavflilik sinfiga kiruvchi ikki, uch va to‘rtta komponentli aerozol, bug‘ va gaz shakldagi kimyoviy moddalarning 6 ta binar va murakkab aralashmalarning qon zardobidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarga, o‘pka, jigar, me’da, ichak tizimiga, hujayralarda kechadigan biologik jarayonlarga bezarar va xavfsiz darajasi deb belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
kimyoviy moddalarni alohida va kombinatsiyalashgan holatda tushishida qonning tarkibiy qismiga, organizmning nafas olish, oshqozon-ichak tizimiga va biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ta’sir xarakteri bo‘yicha tajribada olingan natijalar bir-biriga juda yaqin yoki o‘zaro mosligi va «konsentratsiya-vaqt-samara» bog‘liqligining samaradorligi isbotlangan;
ingalyasion yo‘l bilan tushishda atmosfera havosini kimyoviy ifloslantiruvchilar ta’siriga qon tarkibidagi SH-guruhi, xolinesteraza, aminotranferazalar (ALT, AST), sorbitoldegidrogenaza, laktatdegidrageneza, ishqoriy fosfataza va spermatozoidlarning faolligi, ularning harakatlanish vaqti rezistentligi va embrionlarning rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda adaptatsion va moslashuvchanlik-kompensator reaksiyalarini baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
atmosfera havosini zararli chiqindilar bilan ifloslanish xavfi va ta’sir darajasi bo‘yicha kimyoviy moddalarni aholi salomatligi uchun xavf-xatarini, tibbiy-biologik, gigienik baholash mezonining yangi tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Aholi turar joylari atmosfera havosida «Dalzlak-T»ning ruxsat etilgan konsentratsiyasini asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi turar joylari atmosfera havosi tarkibida «Dalzlak-T» aniqlanganda, uning nafas olish va qon aylanish tizimiga, qonning biokimyoviy jarayonlariga, aholi jinsiy qobiliyati, spermatozoidning funksional holati faolligi embrionlarni rivojlanish jarayoniga zararsizligini hamda aholi salomatligi uchun xavf-xatarni kompleks biologo-gigienik baholash imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida «Navro‘z»ning ruxsat etilgan konsentratsiyasini asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi turar joylari atmosfera havosi tarkibida «Navro‘z» moddasining nafas olish va qon aylanish tizimiga, qonning bioikimyoviy jarayonlariga, spermatozoidning funksional holati faolligiga, embrionlarning rivojlanish jarayoniga zararsiz hisoblangan, xavf-xatar miqdorini va vaqt bo‘yicha differensiyalashgan ruxsat etilgan konsentratsiyasini belgilash hamda aholi salomatligi uchun xavf-xatarni kompleks biologo-gigienik baholash profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida ksenobiotiklarning gigienik reglamentlarini belgilash va biologik ta’sirini baholashga asosiy ilmiy yondashuvlar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi turar joylari atmosfera havosida har xil gaz-bug‘-changsimon ksenobiotik-kimyoviy moddalar va ularning nafas olish, qon aylanish tizimi, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, jinsiy salomatlik qo‘rsatkichlariga zarrarsiz deb topilgan vaqt bo‘yicha differensiyalangan konsentratsiyalarini va biologik ta’sirini baholash imkonini bergan;
«Aholi turar joylari atmosfera havosida azot fosfor o‘g‘itlari changining ruxsat etilgan miqdorini asoslash bo‘yicha tajriba materiallari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi turar joylari atomosfera havosida azot fosfor o‘g‘itlar changining ruxsat etilgan konsentratsiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan;
«Ishlab chiqarish korxonalari va avtotransport chiqindilari bilan atmosfera havosining ifloslanish xavfi va ta’sir darajasi bo‘yicha kimyoviy moddalarni aholi salomatligi uchun xavfini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi turar joylari atomosfera havosini ishlab chiqarish korxonalari va avtotransport chiqindilari bilan ifloslanishi shu hududda istiqomat qilayotgan aholining salomatlik holati va biologik jarayonlarga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri qilmaydigan konsentratsiyasini me’yorlashtirish imkonini bergan;
atmosfera havosi kimyoviy moddalarning organizmga xavflilik ta’sirini kompleks biologik-gigienik baholash profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi, Davlat ekologiya qo‘mitasi va Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/175-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi gaz-, bug‘- va changsimon kimyoviy moddalarning turli xavflilik sinfini alohidalashgan, kombinatsion, kompleks va birgalikdagi ta’sirini hisobga olish, sanoat va avtotransport chiqindilari bilan yuqori darajada ifloslangan shaharlarida atmosfera havosining monitoringi bo‘yicha olib borilgan ishlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilish imkonini bergan.