Bobomurodov Norpulat Shirinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turon yakkakurashchilarining sport takomillashuvi bosqichidagi jismoniy tayyorgarligi xususiyatlari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped443.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Erkin Ibrigimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport takomillashuvi bosqichidagi turon yakkakurashchilarining morfofunksional tavsiflarini hisobga olgan holda umumiy va maxsus harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarligi xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turon yakkakurash sport turiga xos bo‘lgan xususiyatlar, uning milliy va xalqaro kurash turlari bilan o‘zaro o‘xshash (ushlab olishlar, tashlashlar, ag‘darishlar, oyoqlar bilan ilish, chalish, ko‘tarib yuborish usullari) va farqli jihatlari (og‘ritish, bo‘g‘ish usullari, zarbalar) aniqlangan;
ilk bor sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanayotgan 16–19 yoshdagi turon yakkakurashchilarining vazn toifalarini hisobga olgan holda antropometrik ko‘rsatkichlar asosida har bir vazn toifasiga xos jismoniy rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
turon sport turida ixtisoslashayotgan sport takomillashuvi bosqichidagi yakkakurashchilarning umumiy va maxsus harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yillik tayyorgarlik sikli davomidagi mashqlanish turlari va mashg‘ulot vositalarining eng maqbul nisbatlari (soni, vaqti, hajmi) aniqlangan;
ilk bor turon yakkakurashchilarining sport takomillashuvi bosqichidagi funksional holati 17 ta ko‘rsatkichlar asosida baholangan va fiziologik yondashuv asosida sportchilarning musobaqalardagi ishtiroki istiqbollari tashxis qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turon yakkakurashchilarining sport takomillashuvi bosqichidagi jismoniy tayyorgarligi xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turon yakkakurash sport turiga xos bo‘lgan xususiyatlar, uning milliy va xalqaro kurash turlari bilan o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining yillik tayyorgarlik dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 03-08-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijada turon yakkakurashchilari maxsus jismoniy tayyorgarligining 12,5% ga oshishiga erishilgan;
sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi 16–19 yoshdagi turon yakkakurashchilarining vazn toifalariga xos jismoniy rivojlanishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar “Turon yakkakurashchilarining musobaqa oldi tayyorgarligi” nomli uslubiy qo‘llanmada yoritilgan va Qarshi bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 03-08-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijada turon yakkakurashchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligi 9,2% ga yaxshilangan;
turon yakkakurashchilarining sport takomillashuvi bosqichidagi umumiy va maxsus harakat sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba dasturi “Turon yakkakurashchilarining musobaqa oldi tayyorgarligi” nomli uslubiy qo‘llanmada aks ettirilgan va Qashqadaryo viloyati “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati “Kurash” markazida shug‘ullanuvchi turonchilarning o‘quv-mashg‘ulotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 03-08-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijada turon yakkakurashchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligi 10,6% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 11,2% ga oshishiga erishilgan;
turon yakkakurashchilarining sport takomillashuvi bosqichidagi funksional holati 17 ta ko‘rsatkichlar asosida baholanib, natijalari Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 03-08-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijada turon yakkakurashchilari tomonidan xalqaro musobaqalarda 2 ta oltin, respublika musobaqalarida 9 ta oltin, 7 ta kumush, 8 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.