Nurmatov Orifjon Tolibjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarida nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish masalalari”, 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt440.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Davletov Ikram Raximberganovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini kapitallashtirish jarayonida qoplanmaydigan soliq va majburiy to‘lovlarni aktiv sifatida tan olish mezoni qo‘shimcha 0831–“Tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish”, 6450– “Bonuslar bo‘yicha byudjetga qarzdorlik” va 6991–“Moliyaviy taklif bo‘yicha qarzdorlik” ishchi schyotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda foydalaniladigan buxgalteriya hisobining analitik hisob registrining namunaviy shakli qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish ma’lumotini kiritish asosida takomillashtirilgan;
nomoddiy aktivlarning auditorlik tekshiruvini xalqaro standartlar asosida tashkil etishda qo‘llaniladigan auditning umumiy rejasi va dasturining namunaviy shakliga auditorlik tadbirlari ro‘yxati, olib boriladigan auditorlik muolajalari yoxud xato kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini kiritish taklif etilgan;
auditning xalqaro standartlari asosida nomoddiy aktivlar auditini o‘tkazishda ishonchli auditorlik  hisoboti va xulosasini shakllantirish uchun auditorlik dalillari asosi–hujjatlashtirish bo‘yicha auditor ish hujjatlarininng namunaviy shakllari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarida nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini kapitallashtirish jarayonlarini hisobga olish uslubiyatiga oid tavsiyalardan  «Kvars» AJda hisob siyosatini shakllantirishda foydalanilgan («Kvars» AJning 2019 yil 7 maydagi 01-17/696-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish huquqi uchun lisenziya olishda to‘lanadigan davlat bojlari, qoplanmaydigan soliqlar tarkibiga kiradigan tijoratbop topilma bonusi va moliyaviy taklif summalarining nomoddiy aktiv qiymatiga kiritilishi va hisobda bu tabiiy resurslardan foydalanish huquqi sifatida tan olinishi natijasida hisob ma’lumotlari va axborotlarining ob’ektivligi ta’minlangan;
nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda foydalaniladigan analitik hisob regstrining namunaviy shakli bo‘yicha taklifdan «Kvars» AJ korxonasida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish va yuritishda foydalanilgan («Kvars» AJning 2019 yil 7 maydagi 01-17/696-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida har bir nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati, jamg‘arilgan amortizatsiya qiymati, qoldiq qiymati va hisobga olingan QQS summalari to‘g‘risidagi axborotlar bitta yagona hujjatda mujassam bo‘lishiga erishilgan;
turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda nomoddiy aktivlar auditini o‘tkazishda auditning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan auditning umumiy rejasi va dasturining namunaviy shakli bo‘yicha taklif respublikada faoliyat olib borayotgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2019 yil 7 iyundagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada auditning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan nomoddiy aktivlar auditining rejasi va dasturining namunaviy shaklida auditorlik tadbirlari ro‘yxati aniq ko‘rsatilgan, ular bo‘yicha olib boriladigan auditorlik muolajalari yoxud xato kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari yo‘nalishi belgilangan;
nomoddiy aktivlar auditini hujjatlashtirishni  auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish yo‘nalishida ishlab chiqilgan auditor ish hujjatlarini namunaviy shakllaridan respublikada faoliyat olib borayotgan auditorlik tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2019 yil 7 iyundagi  89-son ma’lumotnomasi). Mazkur ish hujjatlaridan foydalanish natijasida auditorlik tashkilotlari tomonidan beriladigan auditorlik hisobotlari va xulosalari sifati oshib, axborotni ochib berish imkoniyati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish