Turgunov Daniyar Mannapjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyo tog‘ daryolarida kam suvli yillar va ularni shakllantiruvchi iqlimiy sharoitlar», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Gr9.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya xizmati markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Salimova Barno Djamalovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Osiyo tog‘ daryolarida kam suvli yillarning shakllanishiga iqlimiy sharoitning ta’sirini baholash hamda kam suvli yillarni suv xavfsizligi bo‘yicha guruhlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryolarda kam suvli yillarni nisbiy suvlilik koeffisienti hamda ta’minlanish egri chiziqlari yordamida aniqlash usullari oqimning modul` koeffisientlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan va halokatli kam suvli yillarni baholashning empirik ifodasi ishlab chiqilgan;
daryolarda kam suvli yillar takrorlanishining meteorologik omillarga, xususan, mavsumiy atmosfera yog‘inlari miqdoriga, turiga va havo haroratiga bog‘liqligi aniqlangan;
tog‘ daryolarida kam suvli yillarni belgilovchi gidrologik kattaliklar bilan ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillar orasidagi bog‘lanishlar statistik baholangan, ularning regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston tog‘ daryolari havzalari bo‘yicha daryolarda kam suvli yillarni tavsiflovchi kam suvli yillarning nisbiy soni va kam suvlilik koeffisientlarining taqsimlanish kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘rta Osiyo tog‘ daryolarida kam suvli yillar va ularni shakllantiruvchi iqlimiy sharoitlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daryolarda kam suvli yillarni aniqlashning takomillashtirilgan usullari hamda halokatli kam suvli yillarni baholashning empirik ifodasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 04/25-3407-son ma’lumotnomasi). Natijada daryolarda suv xo‘jaligi yilida kuzatilishi mumkin bo‘lgan kam suvlilik darajasini aniqlash va suvdan tejamli foydalanish imkonini bergan;
daryolarda kam suvli yillar takrorlanishini meteorologik omillarga, xususan, mavsumiy atmosfera yog‘inlari miqdoriga, turiga va havo haroratiga bog‘liqligi haqidagi ilmiy asoslangan xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 04/25-3407-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz daryolarida kam suvli yillarda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orishda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini bergan;
daryolarda kam suvli yillarni belgilovchi gidrologik kattaliklar bilan ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy asoslangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliy taklif sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 04/25-3407-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlari va ulardan suv oladigan inshootlarni samarali ekspluatatsiya qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tog‘ daryolari havzalari bo‘yicha daryolarda kam suvli yillarni tavsiflovchi kam suvli yillarning nisbiy soni va kam suvlilik koeffisientlarining taqsimlanish kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 avgustdagi 02-02-6439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartalardan foydalanib, daryolarda kam suvli yillar kuzatilganda, ulardagi mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, kam suvli yillarning iqtisodiyot tarmoqlariga, atrof-muhit va ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
kam suvli yillarga moslashishga oid suv xo‘jaligi hisoblashlarini bajarishda aniqlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 30 avgustdagi 04/25-3407-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnik inshootlar (suv taqsimlagichlar, tindirgichlar) va irrigatsiya kanallarini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan suv xo‘jaligi hisoblashlarini bajarishda aniqlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish