Omarov Saydaxmat Arzimatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polygonatum odoratum (Mill.) Druce va P.severtzovii Regelning Toshkent botanika bog‘i sharoitida introduksiyasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V308.
Ilmiy rahbar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida P.odoratum va P.severtzoviilarning bioekologik xususiyatlarini asoslash va ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Polygonatum odoratum va P.severtzoviilarning Toshkent botanika bog‘i sharoitida er ustki qismi, ildizpoyalarining morfobiologik, bioekologik xususiyatlari tabiiy o‘sish hududlariga nisbatan qiyosiy aniqlangan;
P.odoratumning kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi ochib berilgan; 
P.odoratumning mevalash mahsuldorligi hamda unga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan; 
turlar er ustki va er ostki qismlarining xomashyo hosildorligi aniqlangan;
o‘simliklar er ustki va er ostki qismining fitokimyoviy tarkibi asoslangan;
o‘simliklarning plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha dastlabki tadbirlar va ildizpoyalaridan ko‘paytirishning usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polygonatum Adans. turkumi ayrim turlarining Toshkent vohasi sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Polygonatum odoratumning plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani va Jizzax viloyati Zomin tumani o‘rmon xo‘jaliklari tasarrufidagi erlarga joriy qilingan (O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 apreldagi 05/18-1239-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning o‘rmon xo‘jaligi erlarida 2 gektar plantatsiyalar barpo etish va sifatli er ustki xomashyosi olish imkonini bergan;
Polygonatum severtzoviini ildizpoyalaridan ko‘paytirishda yuzaga keladigan ildiz chirish kasalligini bartaraf etish yo‘llari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi erlarga joriy qilingan (O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 apreldagi 05/18-1239-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik ildiz chirishining oldini olish uchun mos variantlarni aniqlash va ko‘paytirish uchun yaroqli onalik o‘simliklarining yashovchanligini oshirish imkonini bergan;
P.odoratumning mavsumiy gullash dinamikasi hamda er ustki va er ostki a’zolarining rivojlanish maromi bo‘yicha natijalaridan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2019 yil 2 maydagi 8-5/933-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahrining markaziy ko‘cha va xiyobonlaridagi soya joylarida klumbalar, rokariylar va miksborderlarning tarkibiy qismlarini hosil qilish hamda gul kompozisiyalarini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish