Mamasoliev Sardorbek Tursinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar ekosistemalarining tuproq suvo‘tlari (Andijon shahri misolida)», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/B102.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori; Buriev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon shahar ekosistemalarining tuproqlarida tarqalgan suvo‘tlar tarkibini aniqlash asosida hududning ekologik holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon shahar ekosistemalarining tuproqlaridan 155 tur va tur xillari aniqlangan (6 bo‘lim, 11 sinf, 15 tartib, 32 oila, 57 turkum) va ro‘yxati tuzilgan;
tuproq suvo‘tlari bo‘yicha ekobioforma tahlili o‘tkazilib, unga ko‘ra 10 xildagi ekobioformadan F, P, Ch guruhiga mansub turlar noqulay sharoitga moslashuvchanligi yuqori ekanligi tavsiflangan;
Andijon shahar ekosistemasi 4 xil ko‘rinishdagi hududlarga bo‘linishi, har bir hudud antropogen omillar ta’sirida tuproq suvo‘tlarining o‘ziga xos turlar tarkibiga ega bo‘lishi, ular orasidagi farqlar ifloslanish darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
Andijon shahar tuproq suvo‘tlarining yil fasllarida turlar tarkibining o‘zgarish tafovutlari ochib berilgan;
Andijon shahar hududi tuproqlari yuzasida bahor va kuz faslida “g‘uborlashish” jarayonining sodir bo‘lish vaqti hamda davomiyligi iqlim, qisman antropogen omil ta’siri bilan bog‘liqligi asoslangan;
Andijon shahar tuproqlarida sanoat ob’ektidan uzoqlashib borishi bilan suvo‘tlarning turlar tarkibi o‘zgarishi, kondensatsiya bilan bog‘liq ifloslanish darajasini belgilashi aniqlangan;
ilk bor Andijon shahar ekosistemasi tuproq suvo‘tlarining zamonaviy holatini aks ettiruvchi elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon shahar tuproq suvo‘tlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shahar ekosistemasi tuproqlarida aniqlangan 155 tur suvo‘tlar ro‘yxati, seliteb, rekreatsiya, sanoat va transport hududlarida ifloslanish darajalarining farqini belgilovchi xususiyatlari Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 iyuldagi 
03-02/3-2995-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ekosistemasida sanoat korxonalari tomonidan chiqayotgan gazlarni “kondensatsiya” jarayonida atrofni ifloslash radiusi suvo‘tlarni tarqalishi orqali aniqlash imkonini bergan;
shahar ekosistemasi tuproqlarida aniqlangan 155 tur suvo‘tlarning ekstremal` sharoitda rivojlanish, moslanishi xususiyatlari A-7-21 raqamli “Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasini baholash” amaliy loyihasida yuksak o‘simliklar uchun muhitni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2019 yil 1 martdagi 89-03-864-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq suvo‘tlarining antropogen transformatsiyasini baholash va tuproq muhitining ifloslangan zonalarini aniqlash imkonini bergan;
shahar ekosistemasi tuproqlaridan yig‘ilgan al`gologik namunalar hamda ularning doimiy preparatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 25 iyuldagi 4/1255-2059-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyaning  «O‘zbekiston tuproq suvo‘tlar florasi» fondini boyitgan va tuproq mikroflorasini inventarizatsiyalash, tuproq suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda shaharning turli ekologik hududida tarqalgan suvo‘tlar orqali tuproqning ifloslanish darajasi va hududga ekologik baho berish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish