Alimova Xolida Zikrillaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dariy tilida so‘z yasalishining ichki lingvistik usullari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil33.
Ilmiy maslahatchi: Quronbekov Ahmadqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dariy tili ot va sifat turkumlaridagi so‘z yasalishi sistemasini tadqiq etish, so‘z yasalishidagi imkoniyatlar, imkoniyatdagi cheklanishlarni aniq belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dariy tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosidagi rivojida affiksal va yarimaffiksal so‘z yasalishi hamda so‘z yasovchi transpozisiyaning o‘rni asoslangan;
ot va sifat yasalishidagi mahsulli/mahsulsizlik, sermahsul/kammahsullikning sabab va qonuniyatlari so‘z yasalishi imkoniyati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
dariy tilidagi mahsuldor yasovchi vositalar orasida fe’liy yarimaffikslarning faollashuvi tilda aniqlikka intilish va til vositalarini iqtisod qilish talabi bilan yuzaga kelgani dalillangan;
shakliy teng affikslarning 15 ta omoqatori aniqlangan va dariy tilida omonimik munosabat ikkitadan beshtagacha morfema o‘rtasida bo‘lishi asoslangan;
otlashgan fe’l shakllarining mahsuldorlik darajasi aniqlangan hamda otlashuv jarayonida fe’llarning o‘tgan zamon negizi va  - ندهenda suffiksli hozirgi zamon sifatdoshlarining sermahsulligi dalillangan;
dariy tili ot va sifat yasalishi sistemasida گر -gar, کار -kâr, والا -wâlâ, گک/ ک -ak/
-gak, وی -wi yasovchilari bilan bog‘liq fors tilidan farqli va چی
-či, ش -eš, - ندهenda, ی -i (یای نسبت) yasovchilarining xususiyatlari, transpozisiyaning fe’l→ot, sifatdosh→ot modellari bilan o‘xshash jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dariy tilida so‘z yasalishining ichki lingvistik usullari va yo‘nalishlarining tadqiqoti yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Afg‘onistondagi til vaziyati va siyosati, eroniy tillarda so‘z yasalishi hamda dariy tilida qo‘shma so‘zlarning yasalishi bo‘yicha olingan natijalardan OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat» mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 avgustdagi 89-03-3157-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo, Shimoliy Afg‘oniston va Eron zaminida til vaziyati va bilingvizm masalalarini yoritib berishga xizmat qilgan;
dariy adabiy tili leksikasining taraqqiyoti, lingvistik va ekstralingvistik omillar haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bir qator ilmiy-amaliy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi elchixonasining 2019 yil 24 maydagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar hozirgi dariy tili so‘z yasalishi sohasidagi fors tilidan farqli jihatlarni yoritishga asos bo‘lgan;
affiksal so‘z yasalishi tadqiqiga doir ilmiy-nazariy natijalardan OT-1-36 raqamli «Alisher Navoiyning «Xamsa» dostonlari asosida chastotali lug‘atlar tuzish» grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 avgustdagi 89-03-3157-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar «Xamsa» dostonlari sanama so‘zligini yaratishning nazariy asoslarini dalillashda dariy tilidagi turkiy so‘z yasovchilarning o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
dariy va fors tillari so‘z yasalishi sistemasidagi so‘z yasovchi vositalarning o‘zaro o‘xshash-farqli jihatlari va bularning sabablari tadqiqi bilan bog‘liq tahlil natijalaridan O‘zbekistondagi Eron madaniyat markazi ilmiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining 2019 yil 25 apreldagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar so‘z yasovchi vositalarning bu tillar tarixidagi rivojlanish tamoyillarini belgilash imkonini bergan;
dariy tili lug‘at tarkibining boyishida Afg‘onistondagi etnolingvistik vaziyatning ta’siri haqidagi tahliliy fikr va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 03-08-822-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Afg‘onistondagi etnolingvistik xilma-xillikning adabiy-madaniy merosning boyishidagi o‘rnini yoritishga xizmat qilgan;
Eron tilshunosligida qo‘shma so‘zlar va ularning tasnifi bilan bog‘liq tahlil natijalari va materiallardan O‘zbekistondagi Eron madaniyat markazida madaniy va ilmiy aloqalar doirasida tashkil etilgan ilmiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining 2019 yil 25 apreldagi ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ishlab chiqilgan qo‘shma so‘zni belgilash mezoni fors-dariy tillarida so‘z va so‘z birikmasini chegaralash qoidasini yaratishga asos bo‘lgan;
dariy tilining keyingi yillardagi leksik taraqqiyoti tahlilidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining «Assalom, O‘zbekiston!» va «Fikr.uz» ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlash foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 4 sentyabrdagi 02-13-1796-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘onistondagi tillar, mamlakatdagi til vaziyati va siyosati, dariy tili leksikasidagi o‘zgarishlar va yangi tamoyillar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuvlar ta’sirchanligi va xalqchilligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish