Meliev Isroil Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va o‘tkazishni takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt117.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Bahrom Qosimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ilxamov Shavkat Islamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va o‘tkazishni takomillashtirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik tekshiruvini rejalashtirish bosqichlari mazmuni ochib berilib, amaliy va uslubiy jihatdan takomillashtirilgan auditorlik umumiy rejasi va dasturi ishlab chiqilgan;
auditorlik tekshiruvi tizimli va tartibli amalga oshirilishini ta’minlovchi uch bosqichli jarayonga ajratilib, ularda bajariladigan amallar tavsiya etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan auditorlik tashkilotiga tekshirilayotgan moliyaviy hisobotning ishonchliligini asoslovchi dalillarning  to‘liq taqdim etilishini kafolatlovchi va auditorlik riskini kamaytirish imkonini beruvchi taqdimnoma xat shakli ishlab chiqilgan;
auditorlik tekshiruvi natijalarini hujjatlashtirish hamda umumlashtirish jarayoni  bosqichlarga ajratish asosida takomillashtirilgan;
audit usullari umumilmiy va maxsus usullar turkumlariga ajratilib, mazkur turkumlar tarkibidagi usullar mohiyatini ochib beruvchi ta’riflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tekshiruvini tizimli va qat’iy muddat hamda tartib asosida o‘tkazilishini ta’minlovchi takomillashgan auditorlik umumiy rejasi va dasturidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston auditorlar palatasi hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tashkilotlariga tekshiruvlarni rejalashtirish jarayonlarida qo‘llash va auditor ish sifatini nazorat qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 30 maydagi 88-son hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 3 iyundagi 49/MM-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida tekshiruvlarni auditorlik shartnomasida belgilangan qat’iy muddat hamda tartib asosida o‘tkazilishiga erishilib, sifatli auditorlik hisoboti va xulosasini shakllantirish uchun sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10 foizga kamaytirgan va auditorlarni tekshiruvga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish imkoniyatini yaratgan;
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejalashtirish, tekshirish va yakuniy bosqichlari hamda ularda bajariladigan amallardan foydalanish bo‘yicha takliflar auditorlik tashkilotlari va «UZKABEL» aksiyadorlik jamiyatining ichki auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va o‘tkazish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 3 iyundagi 49/MM-son hamda «UZKABEL» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 22 maydagi 1/186-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tekshiruvlarini tizimli va samarali tashkil etilishiga erishilib, tekshiruv ob’ekti va jarayoni to‘g‘risida oldindan kafolatli ma’lumot olinishi tezlashgan, ichki auditorlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni o‘rta hisobda 5 foizga kamaytirilishiga va tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni tejash imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan auditorlik tashkilotiga taqdim etiladigan taqdimnoma xatning takomillashgan shaklidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston auditorlar palatasi hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tashkilotlariga tekshiruvlar jarayonlarida qo‘llash, tekshirilayotgan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida to‘liq hajmda ma’lumot taqdim etilishini ta’minlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 30 maydagi 88-son hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 3 iyundagi 49/MM-son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tekshiruvi natijalarining ishonchlilik darajasi va tekshirilayotgan sub’ekt moddiy-javobgar shaxslarining auditor oldidagi javobgarligi oshishiga hamda auditorlik shartnomasi shartlarini to‘liq hajmda yoki ikki tomonlama 100 foiz bajarilishiga erishilgan.
auditorlik tekshiruvi natijalarini hujjatlashtirish va umumlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tashkilotlariga tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish va yakunlash jarayonlarida foydalanishgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 3 iyundagi 49/MM-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi tekshiruv natijalarini tizimli tartibda umumlashtirish va hujjatlashtirish asosida ishonchli auditor fikri va auditorlik hisobotini  operativ ravishda shakllantirish imkonini bergan;
auditorlik tekshiruvlari jarayonida qo‘llaniladigan usullar tarkibi va ular mazmunini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston auditorlar palatasi hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 30 maydagi 88-son hamda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2019 yil 3 iyundagi 49/MM-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi auditorlik tashkilotlarida tekshiruvlarni aniq tamoyil va tartiblar asosida tizimli tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish