Islomov Ikrom Xushboqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida er sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil930.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.30.05.2018. Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili leksik sathining alohida lug‘aviy-ma’noviy guruhini tashkil etuvchi er sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklari tizimining leksik tizimdagi o‘rni masalasiga oydinlik kiritish, sistemaning tarkibi va tarkibiy qismlararo munosabatlarini, ichki guruhlariga mansub leksemalarning ma’noviy va vazifaviy imkoniyatlari hamda xususiyatlarini aniqlash, leksikografik izohlarini mukammallashtirish, korpus (tezaurus)da er sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklarini aks ettirish namunalarini tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi er sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatidagi o‘rni asoslangan;
toponimik, geografik va dialektal leksika bilan sistemaviy munosabati, orasida asos-hosilaviylik farqi mavjudligi ko‘rsatib berilgan;
 er sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklari tizimida balandlik, tekislik, pastlik – markaz leksemalar mavqeida kelishi ochib berilgan;
yangi turdagi, zamonaviy lug‘atlar, til korpuslari uchun ahamiyatli bo‘lgan leksikografik talqini uchun tavsiflashning tur-jins tizimi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida er sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi, strukturasi va ma’noviy munosabatlarini ochib berish asosida:
er sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari toponimik, geografik va dialektal leksika bilan sistemaviy munosabati, orasida asos-hosilaviylik farqlanishiga oid taklifdan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 89-03-2992-son ma’lumotnomasi). Natijada ESKIAB tizimining nutqda voqelanishiga doir ilmiy dalillar, ularning tizimi, strukturasi va ma’noviy munosabatlarini ifodalovchi atamalarni qayta ishlash, saqlash va ularni tahlil qilish, ilmiy natijalar asosida o‘zbek tilining leksik qatlami ko‘lamini mukammallashtirishga erishilgan;
o‘zbek tilidagi er sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimining yangi turdagi, zamonaviy lug‘atlar, til korpuslari uchun ahamiyatli bo‘lgan leksikografik talqini uchun tavsiflashning tur-jins tizimi aniqlanishiga doir ilmiy xulosalaridan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 89-03-2992-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni ona tili vositasida ma’naviy etuk shaxslar qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy va innovatsion o‘quv leksikografik amaliyot masalalar yoritilishi mukammallashgan;
er sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimida balandlik, tekislik, pastlik – markaz leksemalar mavqeida kelishiga oid taklifidan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi  Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2019 yil 17 iyuldagi 102/1-son ma’lumotnomasi). Natijada balandlik, tekislik, pastlik kabi leksemalarning ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lishi misolida funksional so‘z yasalishi masalalarini amaliy yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish