Ibragimova Umida Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek shevalarida so‘z yasalishi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil124.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi o‘zbek shevalari so‘z yasalishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida so‘z yasash modellaridan  [ot + la/lә], [ot + -lan/lәn], [sifat + la/lә], [taqlid so‘z+la/lә] kabi turlari aniqlangan;
so‘z yasash asosi va yasovchi affiks munosabatlari asoslanib, qoraqalpoq o‘zbek shevalaridagi ot, sifat, ravish, fe’l turkumiga oid yasama so‘z ma’nosi ochib berilgan;
ko‘p ma’noli, ma’nodosh, shakldosh so‘z yasovchi affikslarning  tavsiflovchi xususiyatlari qoraqalpoq, o‘zbek shevalari misolida isbotlangan;
qadimgi turkiy hamda eski o‘zbek tili affikslarining strukturasiga xos relikt (qoldiq) hodisalarning so‘z yasalishi tizimida mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek shevalari so‘z yasalishi tizimini tadqiq etishda olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
hudud o‘zbek shevalarida so‘z yasalishi tizimiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida  bajarilgan F1-FA-G003 raqamli «Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012–2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasida, FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» (2012–2014 yy.) ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 5 dekabrdagi 230/1-son ma’lumotnomasi). Natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek shevalarida so‘z yasalishi tizimiga doir tadqiqot yo‘nalishlari shakllantirilgan;
Qoraqalpog‘istonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar shevasi bilan bir qatorda, ularning yashash tarzi, madaniyati, xo‘jalik yuritish usullari, etnografiyasi, kasb-hunariga oid materiallardan I.V.Saviskiy nomidagi San’at muzeyi ekspozisiyasini milliy etnografik ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 02/1837-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan tildagi dialektologiya sohani o‘rgatishdagi izlanishlar mukammallashgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek shevalarida so‘z yasovchi affikslarning ma’no xususiyatlari, etimologik asoslari va so‘z yasalishi tizimida xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro etnomadaniy, tarixiy aloqa-munosabatlarni aks ettirishga doir materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Sheva – xalq xazinasi”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Millat va madaniyat”, “Xayrli tong” eshittirishlarida hamda “Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!” ko‘rsatuvlari ssenariy orqali keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 7 noyabrdagi 01-02/509 son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish