Arapbaeva Dinara Kurbanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs milliy g‘ururini shakllantirishda fol`klorning roli», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal167.
Ilmiy rahbar: Mamashokirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy g‘urur fenomeni shakllanishida fol`klorning o‘rni, roli va funksional ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fol`klor san’atining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati yangi tarixiy davr kontekstida jamiyat ma’naviy hayotiga ta’sir yo‘nalishlaridagi dinamik, strukturaviy o‘zgarishlarga optimistik, realistik munosabat va ularning ma’naviy-axloqiy, estetik, badiiy xususiyatlari ko‘rsatilgan;
fol`klor ma’naviy madaniyati rivojlanishida “miqdor” va “sifat” o‘zgarishlar dinamikasi, milliy va umuminsoniy, an’anaviy va zamonaviy jihatlari birligining shaxs milliy g‘ururini shakllantirishdagi roli isbotlangan;
jamiyat va shaxs ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy munosabatlari rivojlanishini boshqarish va ommalashtirishda fol`klorning aksiologik, gnoseologik, pedagogik-didaktik funksional rollari, potensial imkoniyatlari (qiyoslash, yo‘naltiruvchanlik, ishontiruvchanlik) aniqlangan;
fol`klorning milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga doir innovatsion pedagogik texnologiyalar (teleseriallar, mini lug‘atlar) ishlab chiqilgan va ularning keng qo‘llanilish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotida fol`klor san’atining milliy g‘ururni shakllantirishdagi roli bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fol`klor ma’naviy madaniyati rivojlanish “miqdor” va “sifat” o‘zgarishlar dinamikasi, milliy va umuminsoniy, an’anaviy va zamonaviy jihatlari birligining shaxs milliy g‘ururini shakllantirishdagi roliga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yildagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning III bob, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasini keng aholi qatlamlariga etkazish bo‘yicha tizimli targ‘ibot ishlari” 22-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 maydagi 02/09-520-19-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar milliy g‘ururni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
jamiyat va shaxs ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy munosabatlari rivojlanishini boshqarish va ommalashtirishda fol`klorning aksiologik, gnoseologik, pedagogik-didaktik funksional rollari, potensial imkoniyatlariga (qiyoslash, yo‘naltiruvchanlik, ishontiruvchanlik) oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yildagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari” 53-bandi O‘zbekistonda milliy va oilaviy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda falsafiy merosning o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida “O‘zbekiston falsafasi tarixi” kitobini nashrga tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 maydagi 02/09-520-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar o‘quv qo‘llanmani nazariy-metodologik jihatdan boyitishga imkon bergan;
fol`klorning milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Respublika miqyosida o‘tkazilgan vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qullab-quvvatlash ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittfoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 30 oktyabrdagi 04-13/4923-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mamlakatimiz ayniqsa, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga ularda ijodkorlik xarakterini, iste’dodini, mahoratini shakllantirishga xizmat qilgan.