Uraimov Sanjar Ro‘zmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy-texnika liseylari o‘quvchilari amaliy jismoniy tayyorgarligining pedagogik xususiyatlari”, 13.00.04¬–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped292.
Ilmiy rahbar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Red.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pulatov Fazliddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiy-texnika akademik liseyi o‘quvchilarini oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorlash bosqichida amaliy jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Temurbeklar maktabi» o‘quvchilarining bazaviy va fakul`tativ mashg‘ulotlar jarayonida gipertermik sharoitlarda issiqqa moslashuvchanlikni hisobga olib, gipotermik tanaffuslarni joriy etish asoslangan;
«Temurbeklar maktabi» harbiy-texnik liseylari o‘quvchilarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorlash bosqichida asosiy pedagogik vazifalarni bajarishda kasbiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatini o‘z ichiga olgan kompetensiyalari ishlab chiqilgan;
«Temurbeklar maktabi» harbiy-texnik liseylari o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi, harakat tayyorgarligi darajalari, turli xil yuklamalar ta’siri va o‘quv yillari davomidagi ko‘rsatkichlari yangi tizim asosida baholangan;
gipodinamiya omilining ta’sirini bartaraf etishni inobatga olgan holda o‘quv jarayoniga atletik gimnastika mashg‘ulotlarini joriy etish yo‘li orqali jismoniy tarbiya tizimini modernizatsiya qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harbiy-texnika liseylari o‘quvchilari amaliy jismoniy tayyorgarligining pedagogik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bazaviy va fakul`tativ mashg‘ulotlar jarayonida, gipertermik sharoitlarda issiqqa moslashuvchanlikni hisobga olib, gipotermik tanaffuslar harbiy-texnika akademik liseylari o‘quvchilarining o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 maydagi 89-03-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning amaliy harakat tayyorgarligi 13.2% ga yaxshilangan;
o‘qituvchilarining kasbiy-amaliy va shaxsiy kompetensiyalari O‘zbekiston Respublikasi «Temurbeklar maktabi» harbiy-texnik liseylarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 maydagi 89-03-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning amaliy jismoniy tayyorgarligini oshishiga xizmat qilgan;
o‘qituvchilarining jismoniy rivojlanishi, harakat tayyorgarligi darajalari va o‘quv yillari davomidagi ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda «Temurbeklar maktabi» harbiy-texnik liseylari o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 maydagi 89-03-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi samaradorligi 14,7 % ga oshgan;
o‘quvchilarining harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik bosqichida kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikni rejalashtirish tizimi va uslubiyati eksperimental asoslangan va harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sport mashg‘uloti shaklidagi jismoniy tarbiyadan amaliy mashg‘ulotlar «Temurbeklar maktabi» harbiy-texnika liseyi o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 maydagi 89-03-1795-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning amaliy harakat tayyorgarligi 13.2% ga yaxshilangan.