Bulekbaeva Sholpan Buxarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat tilini kommunikativ-kognitiv asosda qiyosiy o‘rgatish (Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qozoq tili) (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.3.PhD/603.
Ilmiy rahbar: Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda ona tilini davlat tili bilan kommunikativ-kognitiv asosda qiyoslab o‘rgatish tamoyillari, shakl, metod va vositalarini asoslash hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda ona tilini davlat tili bilan kommunikativ-kognitiv qiyoslab o‘rgatish jarayonlari til ta’limiga oid kompetent yondashuv (lingvistik, kommunikativ) mazmuniga kelishik shakllarini tanlash, tovushlar talaffuzini ifodalash elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
til ta’limida shakllantiriladigan kommunikativ-kognitiv kompetensiyalar tarkibiga oid mezonlar (mustaqil fiklash, kognitiv sifatlar, qiyoslash) 5–9-sinf qozoq tili o‘quv dasturining fanlararo bog‘liqlik bo‘yicha qiyosiy tahlili asosida aniqlashtirilgan;
ona tilini davlat tili bilan qiyoslab o‘qitishning kommunikativ-kognitiv modullashtirilgan texnologiyasi davlat ta’lim standarti talablarini tatbiq etish bosqichlari va pedagogik faoliyat funksiyalarini (namunaviylik, birgalikda nazorat, faollik) belgilash asosida takomillashtirilgan;
kommunikativ-kognitiv kompetensiyani shakllantirish mashg‘ulotlari kommunikativ jarayonni faollashtirish va o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishga qaratilgan “Reyder”, “Olimpiada darsi”ni tashkil etishda mashqlar tizimini (fe’lning xususiyatlari, tuslanishi, zamoniga ko‘ra) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda ona tilini davlat tili bilan kommunikativ-kognitiv asosda qiyoslab o‘rgatishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarda ona tilini davlat tili bilan kommunikativ-kognitiv qiyoslab o‘rgatish jarayonlarini takomillashtirish, til ta’limiga oid kompetent yondashuv  mazmuni, 5–9-sinf qozoq tili o‘quv dasturining fanlararo bog‘liqlik bo‘yicha qiyosiy tahlili, til ta’limida shakllantiriladigan kommunikativ-kognitiv kompetensiyalar tarkibiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyuldagi 01-02/2-2-176-son ma’lumotnomasi). Mazkur davlat ta’lim standarti 5–9-sinf qozoq tili o‘quv dasturini va uning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ona tilini davlat tili bilan qiyoslab o‘qitishning kommunikativ-kognitiv modullashtirilgan texnologiyasida davlat ta’lim standarti talablarini tatbiq etish bosqichlari va pedagogik faoliyat funksiyalariga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyuldagi 01-02/2-2-176-son ma’lumotnomasi). Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish va tartibli amalga oshirish, pedagogik faoliyatni muvofiqlashtirish imkoniyatini oshirgan;
kommunikativ jarayonni faollashtirish va o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishga qaratilgan “Reyder”, “Olimpiada darsi” texnologiyalari uchun mashqlar tizimi, kommunikativ-kognitiv kompetensiyani shakllantirish usullariga oid takliflari      2012-2014 yillarda bajarilgan ITD-1-07 raqamli “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3705-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida davlat tilini kommunikativ-kognitiv asosda qiyoslab o‘rganish bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish