Mirkomilov Baxtiyorning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirish (jahon tarixi misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped29.
Ilmiy maslahatchi: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon tarixini o‘rganish jarayonida oliy ta’lim muassasasi tarix yo‘nalishi talabalarida badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirishning falsafiy va pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion, intellektual, hissiy, va psixomotor) hamda insonparvarlik, milliy-madaniy qadriyatlar, shaxsiy namuna, badiiy-obrazli tafakkur komponentlarining badiiy iste’mol madaniyati bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning badiiy qadriyatlar (rangtasvir, qalamtasvir, me’morchilik va b.)ga qiziqishini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari tarixiy-madaniy merosning estetik, kul`turologik va ijtimoiy ahamiyatining funksional va emotsional xususiyatlarini aks ettiruvchi badiiy obrazlarning milliy va umummadaniy tuzulmaviy kompetensiyalariga auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
badiiy obrazlarning turlicha (allegorik, ramziy, mistik) ko‘rinishlari mazmunini qamrab olgan blok-modulli texnologiyasi (kichik, o‘rta, katta blok-modul` texnologiyalari) badiiy qadriyatlarning gnosialogik (anglashga doir) mazmunini ta`limning kognitiv (bilishga doir) aloqadorligi hamda amallar ketma-ketligi (maqsad va vazifalar, baholash mezonlari va texnologiyalarini belgilash)ni o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
rangtasvir san’atida badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirishning tizimli-mazmunli modeli talabalarning o‘rta asrlar qadriyatlariga qiziqishlarini faollashtirish va barqarorlashtirish  hamda Osiyo, Evropa qadriyatlarni mustahkam bilib olish asosida o‘rganishlariga ustuvorlik berib takomillashtirilgan;
tarixiy (arxiv) matnlar bilan ishlash texnologiyasi intellektning badiiy shakldagi obrazlarni anglashga doir kognitiv qobiliyatning (reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan, kreativ) idrok etish bilan bog‘liq realiya (borliq) va konseptlar (tushunchalar)ni tarixiy matnlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini intensiv (matnlarni taqqoslash, germenevtik tahlil qilish ziddiyatlilikni aniqlash) loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari tarix yo‘nalishi talabalarida badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda badiiy qadriyatlarga qiziqishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari, talabalarda badiiy qadriyatlarga qiziqishning rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari tarix o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-sonli buyrug‘i bilan ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan («O‘zstandart» agentligining 2013 yil 36.1359-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur mezonlar tizimi ushbu ta’lim sohasining malaka talablarini ishlab chiqish hamda o‘quv reja va dasturlarni, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarni badiiy qadriyatlarga qiziqtirishning amaliy texnologik jihatlaridan oliy ta’lim muassasalari tarix yo‘nalishi talabalarining milliy va umummadaniy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini aniqlashda foydalanilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 16 apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 iyuldagi 89-03-1455-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda jahon tarixini o‘qitish jarayonida umuminsoniy va badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirishning mazmun-mohiyati, innovatsion metod, shakl va vositalarini joriy etish orqali takomillashtirilib, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarning metodik kompetentligini oshirish imkonini bergan;
rangtasvir san`atida badiiy qadriyatlarga qiziqishini rivojlantirishning tizimli-mazmunli modeli A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosi mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 iyuldagi 89-03-1455-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalalarda jaxon xalqlarining o‘rta asrlar tarixi, uyg‘onish davri badiiy qadriyatlarini anglash, idrok etish, shuningdek, rangtasvirni o‘rganish, baholash, idrok etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
tarixiy (arxiv) matnlar bilan ishlash texnologiyasidan badiiy shakldagi obrazlarni ruhiy idrok etish bilan bog‘liq real hodisalar va tushunchalar A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” nomli grant doirasida yaratilgan ishlanmalar va ta’lim zahiralari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1714-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarning qiyosiy tahlil etish qobilyatlari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan, kreativ) rivojlantirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish