Qiyomov Sharifjon Nozimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida epoksiuretan olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T578. 
Ilmiy rahbar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uretan guruhlar tutgan yangi oligomerlarni va ular asosida epoksiuretan polimer materiallarini olish va epoksiuretanlarni polimer kompoundlar uchun matrisa sifatida qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izotsianatsiz usulda tarkibida uretan guruhlarini saqlagan oligomerlar sintezining maqbul sharoitlari va ushbu oligouretanlarning fizik hamda kimyoviy xossalari aniqlangan; 
etilenglikol` yoki gliserin asosida olingan oligouretanlarning epoksid smolalari bilan kimyoviy ta’sirlashuv mexanizmlari va hosil bo‘ladigan epoksiuretan polimerlarni qotirish usullari aniqlangan;
sintez qilingan oligouretanlar va epoksid smolalari asosida olingan termoreaktiv epoksiuretan polimerlar kimyoviy struktura tuzulishlari va fizik-kimyoviy xossalarining oligouretanlar miqdorlariga bog‘liqligi isbotlangan;
epoksiuretan reaktoplast polimerlari asosida polimer kompozision materiallar olingan va ularning adgezion, antikorrozion, tribotexnik hamda deformatsion-mustahkamlik xossalari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida, izotsianatsiz usulda tarkibida uretan guruhlarini saqlagan oligomerlar sintez qilish va ular asosida epoksiuretan polimer materiallar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo asosida epoksiuretan polimerlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
epoksiuretan polimerlar asosidagi antikorrozion qoplamalar «Jarkurgonneftqaytaishlash» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Jarkurgonneftqaytaishlash» QKning 2019 yil 16 sentyabrdagi 12/500-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona tovar xomashyo bazasidagi neft` mahsulotlariga mo‘ljallangan sig‘imlarning ichki yuzalarini agressiv muhitlar ta’siridan samarali himoyalash imkonini bergan; 
olingan epoksiuretan qoplamalari «Petromaruz Oversaes LLP» Buyuk-Britaniyaning O‘zbekistondagi doimiy vakolatli korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Petromaruz Oversaes LLP»ning 2019 yil 16 sentyabrdagi UZB01-01/624-son ma’lumotnomasi). Natijada epoksiuretan qoplamalari qazib olingan neftni saqlovchi sig‘imlarning ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
epoksiuretan polimerlari neft` quduqlarining quvurlarini korroziyadan himoyalashda «Petromaruz Oversaes LLP» Buyuk-Britaniyaning O‘zbekistondagi doimiy vakolatli korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Petromaruz Oversaes LLP»ning 2019 yil 16 sentyabrdagi UZB01-01/624-son ma’lumotnomasi). Natijada chetdan import qilinayotgan antikorrozion qoplamalarni ishlab chiqarilgan epoksiuretan polimer qoplamalari bilan almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish