Bazarbaeva Dina Irkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston tabiiy substratlaridagi barqaror xloroorganik pestisidlarning mikrobiologik degradatsiya bo‘lish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B299. 
Ilmiy rahbar: Konstantinova Lyudmila Grigor`evna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01. 
Rasmiy opponentlar: Zaynitdinova Lyudmila Ibragimovna, biologiya fanlari doktori, professor; Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: barqaror xlororganik pestisidlarni parchalaydigan, tuzga chidamli tuproq bakteriyalarining mahalliy shtammlarini ajratib olish va aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ekstremal sharoitlarida pestisidlar bilan ifloslangan hududlarda mikroblar assotsiatsiyasi to‘liq aniqlangan;
ilk bor yuqori konsentratsiyali barqaror xlororganik birikmalar va yuqori tuz tarkibiga moslashgan saprofit bakteriyalarning o‘ziga xos turlari ajratib olingan;
destruktor-bakteriyalar o‘sishi va rivojlanishining asosiy parametrlari ochib berilgan;
bakteriya shtammlari barqaror xlororganik pestisidlarni uglerodning yagona manbai sifatida foydalanishi isbotlangan; 
mahalliy bakteriya shtammlarning monokul`turalari va ularning assotsiatsiyasi yuqori sho‘rlangan tuproqlarda lindan insektisidini degradatsiya qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproqni ortiqcha miqdordagi xlororganik pestisidlardan tozalash uchun ishlatiladigan tuzga chidamli destruktor-bakteriyalarni ajratib olish va aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy destruktor-bakteriya shtammlaridan tashkil topgan mikroorganizmlar assossiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani xlororganik pestisidlar bilan ifloslangan hududlarida geksaxlorsiklogeksan va dixlordifeniltrixloretanni degradatsiya tezligini oshirish uchun foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2019 yil 23 iyuldagi 01-02/18-12-2397-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy destruktor-bakteriyalari xlororganik pestisidlarni biologik parchalanish darajasi o‘rtacha geksaxlorotsiklogeksanda 67,5–71,7%, dixlorodifeniltrixloretan 54,3–63% samarali degradatsiyalash imkonini bergan;
destruktor-bakteriya shtammlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligining xlororganik pestisidlar bilan ifloslangan hududlarini tozalashda  foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2019 yil 26 iyuldagi 474-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy destruktor shtammlarining assotsiatsiyasi geksaxlorotsiklogeksanni 62% gacha va dixlorodifeniltrixlorloretanni esa 54% gacha parchalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish