Temirov Farrux Umedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyati”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.1.PhD/Tar127.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon  Kenjaevich tarix fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Qoraqolpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Rahmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Hasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyati”ning mohiyati va mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sadriddin Ayniyning dastlabki siyosiy faoliyati, xususan, islohotchilik va jadidchilik harakatlari Buxoro amirligidagi mutaassib ruhoniylar va amirlik hukumatining qattiq qarshilik ko‘rsatishi sharoitida shakllanib, Yosh buxoroliklar partiyasidagi ishtiroki orqali Buxoroni demokratik tamoyillar asosida boshqarish tarafdori bo‘lganligi isbotlangan;
Buxoroda dastlabki jadid maktablarining ochilishi va faoliyat ko‘rsatishida tatar maktablari hamda ularning o‘quv dasturlari asos sifatida xizmat qilib, mazkur jarayonda Sadriddin Ayniyning pedagog va novatorlik faoliyati tarixiy ma’lumotlar asosida yoritib  berilgan;
Yosh buxoroliklar asos solgan “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) va “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati” (“Buxoro umumiy maorif jamiyati”) kabi xayriya tashkilotlari tomonidan Sadriddin Ayniyning jadid maktablari uchun yozilgan o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalari (“Tahsib us-sibyon”, “Zaruriyoti diniya”, “Tartib ul-Qur’on”) nashr etilganligi, shular asosida yoshlarning aqliy rivojlanilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
o‘zbek davlatchiligida salmoqli iz qoldirgan mang‘it amirlari (o‘n nafar), Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va Amir Temur kabi mashhur tarixiy shaxslar fenomeniga S.Ayniy tomonidan dastlabki baho berilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:
Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyati mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o‘rni va ijtimoiy faoliyati mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sadriddin Ayniyning jadidchilik, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy faoliyati hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridagi Buxoro amirligining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli tarixiga oid yangi faktlarga asoslangan ilmiy natijalar Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasining “Ark” muzeyi, “Buxoro adabiyot tarixi” muzeyi ko‘rgazmasi va “Hujjatlar” fondilarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 01-12-10-152-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning muzey ekspozisiyalariga joriy etilishi jadid maktablari tizimidagi xususiyatlar, Yosh buxoroliklar tomonidan asos solingan tashkilotlarning faoliyati, ularning Buxoro ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi ishtirokini tarixiy manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan; 
Sadriddin Ayniyning islohotchilik va jadidchilik harakatlari Buxoro amirligidagi mutaassib ruhoniylar va amirlik hukumatining qattiq qarshilik ko‘rsatishi sharoitida shakllanib, Yosh buxoroliklar partiyasidagi ishtirokiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Buxoro merosi” ilmiy tadqiqot markazida bajarilgan 35-06-15 raqamli loyihada foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2017 yil 18 sentyabrdagi 51-son ma’lumotnomasi). Markaz tomonidan Buxoro vohasi tarixiy merosini o‘rganish, islohotchilik va jadidchilik harakatlardan o‘rin olgan milliy tarbiya an’analarini asrab avaylash, yoshlar o‘rtasida marifatparvarlik g‘oyalarini keng yoyishga oid dasturlarni ishlab chiqish  va shakllanishiga oid vazifalarni amalga oshirish imkonini bergan;
Sadriddin Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o‘rni dastlabki jadid maktablarining ochilishi va ularning faoliyati, mazkur jarayonda Sadriddin Ayniyning pedagog va novatorlik faoliyati, qarashlari va ilmiy-adabiy ishlariga oid ma’lumotlardan Buxoro viloyat televideniesining “Menga so‘z bering”, “Payomi ro‘z”, “Munosabat”, “Assalom Buxoro” kabi teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 5 dekabrdagi 1/559-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ilmiy loyihani materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirish, jadadichilik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish