Normurodov Dilmurod Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davri moddiy madaniyati tarixi (miloddan avvalgi XIII – milodiy XIII asr boshlari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi va 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.2.PhD/Tar360.
Ilmiy rahbar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Axmadali Asqarov tarix fanlari doktori professor, akademik; Mavlanov O‘ktam Maxmasobirovich tarix fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arxeologik materiallar asosida Toshkent vohasining mil. avv. XIII asr – mil. XIII asr boshlaridagi moddiy madaniyati tarixini yoritish va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent vohasida tarqalgan Burg‘ulik madaniyati vakillari “Avesto”da qayd etilgan “Danay turlari” va ahmoniylar davri yozma manbalarida keltirilgan “Sug‘d orti saklari” ekanligi asoslangan;
Toshkent vohasida yangi topilgan 47 ta arxeologik yodgorlikning joylashuv o‘rni, tuzilishi va xronologiyasi aniqlanib, lanshaft va suv tarmoqlari bo‘ylab joylashuviga ko‘ra vohada joylashgan barcha (855 ta) yodgorliklar o‘ziga xos uchta – Chirchiq, Ohangaron va Sirdaryo o‘rta havzasining o‘ng sohili rayonlarda tarqalganligi asoslab berilgan;
yangi topilgan Quyun arxeologik yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Toshkent vohasida tarqalgan eng qadimgi o‘troq dehqonchilik madaniyati hisoblangan Burg‘ulik madaniyati (mil. avv. XIII – IV asrlar)ning vakillari ko‘chmanchi chorvador Andronovo madaniyati (mil. avv. II ming yillik) vakillaridan keyin vohani o‘zlashtirganligi va ularning turli metall konlariga boy bo‘lgan joylarga yaqinlashib, tog‘oldi tegrasigacha kirib borganligi ilk bor isbotlandi;
Toshkent vohasi arxeologik yodgorliklari tipologiyasini tahlil qilish natijasida antik davrda (mil. avv. IV – milodiy IV asrlar)  ikki turdagi  shahar va uch turdagi  qishloqlar, ilk o‘rta asrlarda (V/VI-VIII asrlar) sakkiz turdagi  shahar va ikki turdagi qishloqlar tarqalganligi, rivojlangan o‘rta asrlarda (IX-XII asrlar) mudofasiz qishloqlarning paydo bo‘lganligi asoslab berilgan;
moddiy madaniyat materiallarini tahlil qilish natijalari va Ohangaron shahri yaqinidan tovus va qarg‘a tushirilgan ostadonlarning topilishiga qaraganda Turk xoqonligi davrida Toshkent vohasi ma’naviy hayotida o‘zgarishlar ro‘y berganligi, marhumlarni dafn qilishda nausli qabrlar va ostadonlardan keng foydalanilganligi, zardushtiylik dini va mifologiyasini (Xorazm va Sug‘ddagi kabi) chuqur o‘zlashtirilganligi, aholi qarashlarida zardushtiylik diniga mansub an’analar keng yoyilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davri moddiy madaniyati tarixi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
Ohangaron havzasining ilk o‘rta asrlardagi ma’muriy boshqaruv markazlari va ularning tuzilishiga oid xulosalar, xo‘jalik tuzilishiga tegishli materiallardan Tarix institutida 2017-2018 yillarda bajarilgan “VII-XIX asr birinchi yarmi o‘zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar faoliyati tarixidan” mavzusidagi amaliy loyhasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 2 fevraldagi 3/1255-536-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi Toshkent vohasi o‘zbek davlatchiligi tizimida o‘ziga xos boshqaruv-ma’muriy markazlarga ega ekanligini asoslashga xizmat qilgan;
Toshkent vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan 300 dan ortiq moddiy ashyolar Temuriylar tarixi davlat muzeyi fondiga topshirilgan va ulardan “Shohruxiya – Temuriylar bunyodkorligi yodgorligi” mavzusida ko‘rgazma o‘tkazishda (2015 yil), muzey fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 2 fevraldagi 3/1255-536 – son ma’lumotnomasi). Muzeyning ko‘rgazma va fondidan joy olgan ashyolar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Toshkent vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davri moddiy madaniyati tarixi haqidagi bilimlariga ega bo‘lishlarga xizmat qilgan;
Toshkent vohasi qadimgi va o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklar va moddiy madaniyatini tadqiq qilish jarayonida aniqlangan yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Tafsilot”, “Suv yoqalab”, “Ekspedisiya”, “O‘tmishga sayohat” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 11 fevraldagi 08-14-55-son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvlarda uzatilgan ma’lumotlar tomoshabinlarning Toshkent vohasi qadimgi va o‘rta asrlar davri moddiy madaniyati tarixi haqida yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish