Madraimov Askariy Abdumajidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Istoriya epoxi Amira Temura i Temuridov v nauchnom nasledii V. V. Bartol`da i A. Z. Validova», 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/Tar216.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna tarix fanlari doktori professori;  Fayziev Xurshid Turg‘unovich tarix fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amir Temur va Temuriylarning Markaziy Osiyo tarixi taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatishda V. V. Bartol`d va A. Z. Validiy To‘g‘on asarlarining ahamiyati, ularning roli va xizmatini aniqlash hamda bu olimlarning milliy tarixshunoslikka ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid V. V. Bartol`d va A. Z. Validiy To‘g‘on ilmiy merosining xronologik, qiyosiy va tanqidiy tahlili asosida tarixiy voqealar talqinining bir-biridan o‘zaro farq qiluvchi xususiyatlari ochib berilgan;
har ikkala olim deyarli bir davrda faoliyat olib borganliklariga qaramay, ularning dunyoqarashi va ilmiy yondashuvlariga ta’sir etgan omillar (olimlarning turlicha siyosiy tizim ta’siri va ijtimoiy sharoitda yashaganliklari, tarixni jamiyat taraqqiyoti quroli sifatida qabul qilganliklari va b.) natijasida ularning har biri o‘ziga xos tarixiy tadqiqot usullarini ishlab chiqqanligi asoslab berilgan; 
V. V. Bartol`dning asosiy maqsadi Rossiya imperiyasi ilmiy tafakkurining G‘arb ilmi oldidagi obro‘sini oshirishdan iborat ekanligi, olim o‘z asarlarida Amir Temur va  Temuriylar davrining salbiy tomonlariga alohida e’tibor qaratganligi, ayrim hollarda o‘z fikrlariga ham qarama-qarshi chiqqanligi ko‘rsatib berilgan; 
A. Z. Validiy To‘g‘on Rossiya imperiyasidagi “kichik” xalqlarni ularning tarixiy qadriyatlari asosida ma’rifatli qilishga e’tibor qaratganligi, Amir Temur va Temuriylar faoliyatini baholashda tarix fanining umume’tirof etilgan qonuniyatlariga tayanib ish tutganligi ochib berilgan; 
mustaqillik yillari O‘zbekistonda Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganish borasida  A. Z. Validiy To‘g‘on asarlaridan ko‘ra, V. V. Bartol`d asarlariga ko‘proq murojaat qilinganligi mazkur davr tarixini to‘liq yoritishga to‘sqinlik bo‘lganligi, vaholanki, A. Z. Validiy To‘g‘onning Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid asarlaridan foydalanish fanga yangi tarixiy ma’lumotlarni olib kelishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
V. V. Bartol`d va A. Z. Validiy To‘g‘onning Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ilmiy merosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
V. V. Bartol`d asarlaridagi Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy jarayonlari talqiniga oid ma’lumotlar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo`ylab» kanalida namoyish etilgan «Ulug‘bek xazinasidan» hujjatli fil`mini yaratishda foydalanildi. Fil`mda Mirzo Ulug‘bek davri tarixini yoritishga bag‘ishlangan ilmiy asarlar talqini, jumladan V. V. Bartol`dning «Ulug‘bek va uning davri» asari to‘g‘risidagi tarixshunoslik nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan nazariy va amaliy takliflar o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "Dunyo bo‘ylab" telekanali Davlat unitar korxonasining 2018 yil 26 oktyabrdagi № 08-14-51-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar Temuriylar davri tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarni ilm-fan va tarixiy shaxslarga hurmat ruhida tarbiyalashgan xizmat qiladi; 
Amir Temur shaxsi va Temuriylar davri tarixi bo‘yicha V. V. Bartol`d va A. Z. Validiy To‘g‘onning ilmiy merosida aks etgan ma’lumotlardan «Sohibqiron Amir Temur qomusi» va «Amir Temur bibliografiyasi»da foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamg‘armasining 2019 yil 2 avgustdagi 24-22-con ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar Amir Temur  va Temuriylarning faoliyatini xorijlik, jumladan, rus va turk olimlari tomonidan o‘rganilishi masalalariga oydinlik kiritishga xizmat qilgan;
Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixiy jarayonlarning V. V. Bartol`d va A. Z. Validiy To‘g‘onning asarlaridagi talqini, mazkur olimlar ilmiy merosining XX asr tarixshunosligiga oid ilmiy natijalar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 19 apreldagi 128-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tayyorlangan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi” nomli o‘quv qo‘llanmaning ma’lumotlar yig‘ish va saralashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3275-son ma’lumotnomasi). Xususan, ular o‘quv qo‘llanmaning “Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi” nomli bobdagi “Amir Temur davri tarixshunosligi”, “Amir Temur davlati tarixining tarixiy adabiyotlarda yoritilishi”, “Temuriylar davri tarixshunosligi” nomli paragraflarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish