Yuldasheva Dilnoza Bekmurodovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili ornitonimlarining strukturaviy va semantik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.515.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, Dsc 27.06.2017. Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umirzakovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: O‘zbek tilidagi ornitonimlarning manbalari, leksik-semantik va funksional-uslubiy xususiyatlarini tadqiq etishdan iboratdir.

 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi ornitonimlarning shakllanish manbalari, ularning yasalish usullari hamda ornitonim-leksema va ornitonim-so‘z o‘rtasidagi umumiylik va farqlar asoslangan;
ornitonim-leksemalarning mazmuniy guruhlari, ularning komponent tahlili amalga oshirilgan hamda mushtarak va farqli jihatlar ochib berilgan;
ornitonim-leksemalarning lug‘aviy tarkibi, tuzilish jihatdan turlari, ular orasidagi jins-tur, butun-bo‘lak, paradigmatik, sintagmatik va pog‘onali (ierarxik) munosabatlar aniqlangan;
ornitonimlarning Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Sharif Gulxaniy  asarlarida funksional-uslubiy maqsadda qo‘llanishi, hamda  ularning turg‘un o‘xshatishli birikmalar tarkibida kelishi va sarlavha vazifasini bajarishi bilan bog‘liq masalalari o‘ziga xos tarzda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tili ornitonimlarining strukturaviy va semantik  tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ornitonimlarning derivatsion xususiyatlarini, ularning yasalish usullari va qoliplarini, oddiy so‘z yasalishi bilan ornitonim yasalishiga xos farqli jihatlarni yoritishga oid xulosalar OT F8–062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ornitonimlar derivatsiyasi bilan bog‘liq ornitonimlarning yasash usullari, yasalish qoliplari, konversiya, ornitonimlarning struktural tasnifi kabi terminlarga doir izoh va tahlillar mukammallashgan;
ornitonimlarning leksikografik tahlili babaq (xo‘rozning bir xil yirik turi), bezgaldak (tuvaloqlar turkumiga mansub cho‘l qushi), buvulduruq (aynan bulduruq), bo‘dana (aynan bedana), dudak (tuvaloqlar turkumiga mansub qush), jiktoq (baliqchilar turkumiga mansub qush), oqchorloq (baliq va hasharotlar bilan tirikchilik qiladigan, suv bilan bog‘liq qush), po‘ngqarg‘a (qora qarg‘a, go‘ngqarg‘a), suvburgut (qarchig‘aylar oilasiga mansub, daryo, dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida yashovchi yirtqich qush), chil (qirg‘ovulsimonlar oilasiga mansub o‘troq ov qushi), qoratomoq (aynan jiblajibon) kabi leksemalarning izohlashda FA-F8-034 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish ornitologik terminlarning kategorial va nokategorial belgilarini aniqlashga olib kelgan;
tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limida tashkil etilgan «Sadoqat» ijodiy to‘garagida adiblar ijodida ornitonimlardan foydalanish mahoratlari  xususida chiqishlar qilingan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 31 iyuldagi 01-03-05/1044-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodiy to‘garak a’zolari bo‘lmish adiblarning ornitonimlar ishtirokida she’riy asarlar yaratish mahorati ortgan, ular yaratgan asarlarning saviyasi oshgan;
tadqiqot natijalari sifatida «O‘zbek tilida ornitonimlarning izohli lug‘ati» (ISBN 978-9943-38-1-964) tuzilgan bo‘lib, unda 1000 dan ortiq ornitonimlarning izohi berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish