Haqnazarova Nilufar Quranboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga mos prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).   
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped95.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi huzuridagi  Bosh ilmiy-metodik markazi
Ilmiy rahbar:   Begimkulov Uzokboy  Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01
Rasmiy opponentlar: Tursunov Iqromjon G‘ulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Egamberdieva Nodira Meliboevna   pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyot sohalari va mintaqalarning innovatsion rivojlanish istiqbollari asosida oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini prognozlashning asosiy metodologik tamoyillari, qoidalarini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida xududlar va sohalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiluvchi forsayt markazlari (soha va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida innovatsion faoliyat rivojini prognozlash bilan shug‘ullanadi)ni shakllantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari ishlab chiqilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (rivojlaninishga doir innovatsion yondashuvlar, ta’lim sohasidagi transformatsiyalar va islohotlarning o‘tkazilishi, oliy ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalanishi,  talabalarning o‘zini o‘zi moliyalashtirishini rivojlantirish, korxonalar va tashkilotlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish,  va boshqalar) takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “ Universitet 3.0” (ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlarni tijoratlashtiruvchi) konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha prognozlashtirish metodik tizimi modeli ishlab chiqilgan;
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni prognozlashning axborot-metodik ta’minotini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga mos prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
oliy ta’lim muassasalarida xududlar va sohalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiluvchi forsayt markazlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalardan 2019 yil 30 avgustdagi  788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishlari o‘quv rejalari va malaka talablariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlashni rivojlantirishda o‘z-o‘zini ta’minlashning manbalarini va resurslarini kengaytirish uchun tamoyillarni shakllantirishga hizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini  takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil  27 martdagi  247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  qayta tayyorlash va malaka oshirish  kurslarining o‘quv rejalaridagi “Pedagogik mahorat va kompetentlik” fani mazmuniga singlirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son  ma’lumotnomasi). Natijalar inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga hizmat qilgan;
  ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha prognozlashtirish metodik tizimi modelidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019  yil  30 avgustdagi  788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv rejasidagi “Ta’lim tizimi menejmenti” hamda  “Universitet 3.0 modeli va ta’lim sifatini ta’minlash masalalari” modullarining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni prognoz qilishning asosiy metodologik tamoyillari, qoidalari aniqlashga va asoslashga hizmat qilgan;
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni prognozlashning axborot-metodik ta’minotini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalardan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil  30 avgustdagi  788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  qayta ta yyorlash va malaka oshirish  kurslarining o‘quv rejasidagi “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” hamda  “Ta’lim menejerining innovatsion kompetentligi” modullari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini prognoz qilishni takomillashtirishga hizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish