Salomova Guli Shodimurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarda etnomadaniy kompetentlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi20.
Ilmiy rahbar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirova, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talaba-yoshlarning etnomadaniy kompetentligi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi orqali ularni shakllantirish samaradorligini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarning etnomadaniy kompetentligi shakllanishini belgilovchi “ijtimoiy-kommunikativ kompetentlik”, “bilingvallik” “etnik identivlik (o‘z-o‘zini anglash)”, “tolerantlik” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlangan;
etnomadaniy kompetentlik shakllanishi “muloqotchanlik”, “o‘z-o‘zini nazorat qilish”, “xotirjamlik”, “mustaqillik” kabi xislatlaring rivojlanishiga hamda “etnotsentrizm”, “antisotsial xulq-atvor” ko‘rinishlari pasayishiga ta’sir qilishi aniqlangan;
talabalarning etnomadaniy kompetentligi xususiyatlariga motivatsion-korreksion xarakterga asoslangan shakllantiruvchi ta’sir etishning samaradorligi aniqlangan;
etnomadaniy kompetentlik shakllanishini baholashning shaxsiy fazilatlar, kasbiy va ijtimoiy-kommunikativ komponentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba-yoshlarning xulq-atvoriy, kasbiy va ijtimoiy xususiyatlari shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
talaba-yoshlarning etnomadaniy kompetentligi shakllanganligini belgilovchi kommunikativ-ijtimoiy kompetentligi, bilingvalligi, etnik identivligi, tolerantligi, kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-iliy markazining 2019 yil 09 oktyabrdagi P-M-7a-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda etnomadaniy kompetentlikni shakllantirish masalalari, talaba-yoshlarning etnomadaniy kompetentligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar boyitilgan; 
etnomadaniy kompetentlik shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi “muloqotchanlik”, “o‘z-o‘zini nazorat qilish”, “xotirjamlik”, “mustaqillik” kabi xususiyatlari aniqlanganligiga oid takliflar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 09 oktyabrdagi P-M-7a-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar talabalarda etnomadaniy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar kuchaytirilgan;
etnomadaniy kompetentlik shakllanishini baholashning shaxsiy fazilatlar, kasbiy va ijtimoiy-kommunikativ komponentlariga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 09 oktyabrdagi P-M-7a-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida etnomadaniy kompetentlikni shakllanishiga oid bilimlari boyitilgan;
talabalarning etnomadaniy kompetentligi xususiyatlariga motivatsion-korreksion xarakterga asoslangan shakllantiruvchi ta’sir etish samaradorligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-iliy markazining 2019 yil 09 oktyabrdagi P-M-7a-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar va bo‘lg‘usi psixologlarning psixologik, psixokorreksion ishlari samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish