Abdiev Umirbek Begmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid materiallar asosida uzluksiz fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Ped95.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Ramizulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Mamadolimov Abdug‘ofur Teshaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzluksiz ta’limda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida fizika o‘qitish jarayoni mazmunini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ta’limda fizika fanini o‘qitish mazmuni muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining fizikaviy asoslarini o‘rganishga doir ko‘rgazmali demonstratsion maketlar tuzilmasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari o‘quv materiallari uzviyligini ta’minlashda fundamental va amaliy bilimlarga yo‘naltirilgan prinsiplarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
fizika ta’limi jarayonlari o‘qitishning aniq va tabiiy fanlar bog‘liqligiga yo‘naltirilgan integrativ metod va usullarni qo‘llashda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari materiallarini tanlash mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy o‘quv yurtlarining fizika ta’limida mediata’lim vositalaridan foydalanib o‘qitishning metodik asoslari muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hosil qiluvchi qurilmalarni o‘qitish texnologiyalari (tuzilishi, ishlash prinsipi, zamonaviy konstruksiyalari)ni kiritish asosida takomillashtirilgan;
fizika fanidan ilmiy va o‘quv to‘garak mashg‘ulotlari va fakul`tativ kurslarni tashkil etishda o‘quvchi va talabalarning energiya manbalaridan foydalanish madaniyatining (samaralilik, oqilonalik, tejamkorlik) mustaqil ishlash, mantiqiy fikrlash, ilmiy dunyoqarash, konstruktorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’siri asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid materiallar asosida uzluksiz fizika ta’limi mazmunini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
uzluksiz ta’limda fizika fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirish, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining fizikaviy asoslarini o‘rganishga doir ko‘rgazmali demonstratsion maketlar tuzilmasi, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari, o‘quv materiallari uzviyligini ta’minlashda fundamental va amaliy bilimlarga yo‘naltirilgan prinsiplarga oid takliflar F3-FA-0-28475 raqamli “Quyosh nurlanishi asosidagi fotoaylantirgichlarda effektivlikni oshirish usullarining yangi fizik asoslari” (2013-2016 yy) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 iyundagi 89-03-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “Fizika”, “Geliotexnika va noan’anaviy energiya manbalari”, “Energotejamkorlik asoslari” maxsus va tanlov fanlarining o‘quv mazmuni takomillashtirilgan;
fizika fanidan ilmiy va o‘quv to‘garak mashg‘ulotlari va fakul`tativ kurslarni tashkil etish, o‘quvchi va talabalarning energiya manbalaridan foydalanish madaniyatining (samaralilik, oqilonalik, tejamkorlik) mustaqil ishlash, mantiqiy fikrlash, ilmiy dunyoqarash, konstruktorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga oid uzluksiz ta’limning maktab, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari fizika fanini o‘qitishda muqobil enargiya manbalar turlari va ularning zamonaviy konstruksiyalarini o‘rganishga doir ko‘rgazmali dimonstratsion maketlar, vertual laboratoriya ishlari ishla chiqilgan va fizika fani dasr va darsdan tashqari o‘quv to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika dars jarayoni va o‘quv to‘garak mashg‘ulotlari samaradorligi ortgan;
fizika ta’limi jarayonlarini takomillashtirish, o‘qitishning aniq va tabiiy fanlar bog‘liqligiga yo‘naltirilgan integrativ metod va usullarni qo‘llash, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari materiallarini tanlash mezonlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarorining 1-, 2-ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining 2019 yil 11 yanvardagi 02/03-02-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun fizika fani mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy o‘quv yurtlarining fizika ta’limida mediata’lim vositalaridan foydalanish, o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid o‘quv didaktik ta’minotga oid takliflar FA-F3-004 raqamli “Yuqori samaradorlikk ega bo‘lgan, arzon, uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan fotoaylantirgichlar va ular asosidagi fotoenergetik modullarning yangi fundamental fizik mexanizmlari va shakllanish usullarini o‘rganish” (2017-2019 yy) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 iyundagi 89-03-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “Muqobil energiya manbalari (yo‘nalishga kirish)”, “Fotoelektrik batareyalar va qurilmalar texnologiyalari”, “Quyosh energetikasi” maxsus va tanlov fanlarining o‘quv mazmuni takomillashtirilgan.