Hakimov Xurshid Nozimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyalashuvining pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 9pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped373.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rasatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand viloyati, Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Hamid Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyalashuvining nazariy asoslarini aniqlash hamda amaliy tatbiq etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya fani o‘quv tarkibining integratsiyalashgan o‘quv mazmuni jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini (ta’limiy, umummadaniy, rivojlantiruvchi, ma’naviy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyalashuvi jarayonlarining tipologik tuzilmasi jismoniy (sog‘lom turmush, harakat, jismoniy sifat, o‘z-o‘zini rivojlantirish) va ma’naviy-axloqiy (vatanparvarlik, sog‘lom dunyoqarash, qadriyat, insonparvarlik) tarbiya elementlarining o‘zaro ijobiy ta’sirlashuv imkoniyatlarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining pedagogik hamkorlik faoliyati funksiyalari jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltirilgan monitoring ko‘rsatkichlarini (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik) kiritish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya fanining o‘quv maqsadlarini intensivlashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar o‘quv mashg‘ulotlarni o‘yinli metodlar (“yakkama-yakka jang”, “qo‘l jangi”, “sharni oyog‘ingda bos”, “doiradan chiqar”, “mushketyorlar”, “zanjirni uzish”, “chavandozlar”) bosqichlari bo‘yicha loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijlarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabalarida jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyalashuvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy tarbiya fani o‘quv tarkibining integratsiyalashgan o‘quv mazmunini takomillashtirish, jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini (ta’limiy, umummadaniy, rivojlantiruvchi, ma’naviy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi) aniqlashtirishga oid takliflardan ITD-1-52 raqamli “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida adabiyotning ta’siri va ahamiyati (mumtoz va zamonaviy adabiyot misolida)” nomli amaliy grantlar doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 89-04-1264-son ma’lumotnomasi). Natijada integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlari asosida o‘quvchilarda ta’limiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, umummadaniy, ma’naviy, xususiyatlar takomillashtirilgan;
jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyalashuvi jarayonlarining tipologik tuzilmasi, jismoniy (sog‘lom turmush, harakat, jismoniy sifat, o‘z-o‘zini rivojlantirish) va ma’naviy-axloqiy (vatanparvarlik, sog‘lom dunyoqarash, qadriyat, insonparvarlik) tarbiya elementlarining o‘zaro ijobiy ta’sirlashuv imkoniyatlariga oid takliflari “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-284 guvohnomasi) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 89-04-1264-son -son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining pedagogik hamkorlik faoliyati funksiyalari, jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltirilgan monitoring ko‘rsatkichlari (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik), o‘quv mashg‘ulotlarni o‘yinli metodlar (“yakkama-yakka jang”, “qo‘l jangi”, “sharni oyog‘ingda bos”, “doiradan chiqar”, “mushketyorlar”, “zanjirni uzish”, “chavandozlar”) bosqichlari bo‘yicha loyihalashtirish va “Jismoniy tarbiya” fani o‘quv jarayonlarini takomillashtirish doir amaliy taklif va tavsiyalardan YoA-1-22 raqamli “Jismoniy madaniyatni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni modernizatsiyalangan tizimini ishlab chiqish”(2015-2016yy.) nomli yosh olimlar amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 89-04-1264-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida jismoniy sifatlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan.