Fazilov Farxod Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi. (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhDYu312.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Karimov Xurshid Akramovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus vakolatli organlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishga doir choralarni yiliga kamida bir marta ko‘rishi shartligi asoslangan;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topilishi zarurligi asoslab berilgan;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi zarurligi asoslangan;
jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida portlovchi moddalarni tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga realizatsiya qilish yoxud tashish uchun taqdim etishning taqiqlanishi zarurligi asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiyligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida» qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 11-iyuldagi 58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jinoyat qonunchiligi normalarini xalqaro standartlar bilan unifikatsiya qilishga xizmat qilgan;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topilishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida» qonunining 13-moddasi, 2-qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 11 iyuldagi 58-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida» qonunining 15-moddasi, 1-qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 11 iyuldagi 58-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif legallashtirishni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha samarali huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
portlovchi moddalarni tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga realizatsiya qilish yoxud tashish uchun taqdim etishning taqiqlanishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6-iyun`, 360-son bilan tasdiqlangan «Portlovchi materiallar aylanmasi sohasida lisenziyalash tartib-qoidalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan portlovchi moddalarni sotib olishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida, shu jumladan jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishni oldini olish maqsadida 2005 yil 25 maydagi 3-son Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida qarorining 11 va 14-bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilingan va keyinchalik kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 33/01-01/2023-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif legallashtirishni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qilgan.