Alauatdinov Saxabatdin Iniyatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islom dini manbalarida tarbiyaviy fikrlar va ularni pedagogik tahlil etish mexanizmlari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped.261.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent;  Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot:   Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: islom dini manbalaridagi tarbiyaviy fikrlar¬ning talabalar ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga ta’sirini  aniq¬lashtirish va ularning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
islom dini manbalari asosida talabalarni ijtimoiy va oilaviy hayot¬ga tayyorlash jarayoni tuzilmasi (tayyorlov, asosiy va aksiologik)  ma’naviy kompetensiyalar (ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, sog‘lom e’tiqod) bilan olam manzarasini yaxlit-integrativ idrok etishning dunyoviy va diniy uyg‘un¬ligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
diniy manbalarni qiyosiy tahlil etish orqali talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning tarbiyaviy imkoniyatlari diniy va umum¬insoniy qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligini empirik asoslashga yo‘nal¬tirilgan antropologik yondashuvning aksiomatik komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sanogen (sog‘lom) tafakkurni rivojlantirish jarayoni ij¬ti¬moiy-gumanitar (falsafa, ma’anaviyat asoslari, dinshunoslik) va peda¬go¬gik (tarbiyaviy ishlar metodika, ijtimoiy pedagogika) fanlarning ichki integratsiyasini ta’minlab beruvchi fanlararo modulli ta’lim texnologiya¬sining kognitiv va amaliy bosqichlari qayta aloqasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda umummadaniy kompetentlilikni rivojlantirish texnolo¬giya¬si¬ning amaliy komponenti diniy manbalarni sharhlab o‘qish, narroto¬logik (bayon etish), suggestiv (ishontirish), refleksiv (o‘z-o‘zini anglash) usullarni qo‘llashning teologik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Islom dini manbala¬rida tarbiyaviy fikrlar va ularning pedagogik tahlil etish mexanizm¬lari¬ni takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
islom dini manbalari asosida talabalarni ijtimoiy va oilaviy hayot¬ga tayyorlash jarayoni tuzilmasi hamda ma’naviy kompetensiyalarni aniq¬lashtirishga doir takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining  2018 yil 18 apreldagi  262-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida diniy-ma’rifiy soha faoliyatini  tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tabdirlar dasturining “O‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida “Dinshunoslik” va “Diniy ekstremizm va terrorizm¬ga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” deb nomlangan 2-bandini hamda “Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Vij¬don erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunini o‘rga¬nishga bag‘ishlangan “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ini o‘tkazishga doir 3-bandini ishlab chiqish va uning didaktik ta’minotini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 10 dekabrdagi 07-09/5-12/1246-son ma’lumotnomasi). Natijada tala¬ba¬larda diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
diniy manbalarni qiyosiy tahlil etish orqali talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning tarbiyaviy imkoniyatlari, diniy va umum¬in¬¬so¬niy qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligini empirik asoslashga yo‘nalti¬rilgan antropologik yondashuvning aksiomatik komponentiga ustuvorlik berish bilan aniqlashtirishga oid takliflardan I1-XT-0-17222 raqamli «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydala¬nish (2013–2014 yy.)» innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foy¬da¬lanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 oktyabr¬dagi 89-03-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy dunyoqarashni rivoj¬lantirish kompo¬nent¬lari-ning ma’naviy kompetensiyalar tizimi bi¬lan bevosita aloqador¬ligini empirik baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda umummadaniy kompetentlilikni rivojlantirish texnolo¬giya¬sining amaliy komponenti, diniy manbalarni sharhlab o‘qish, narroto¬logik (bayon etish), suggestiv (ishontirish), refleksiv (o‘z-o‘zini anglash) usullarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga doir takliflardan XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qad¬riyat¬lar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari (2012–2014 yy.)» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanil¬gan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4112-son ma’lumotnomasi). Natijada islomiy qadriyatlar tizimining ijtimoiy-gumanitar va pedagogik fanlar mazmuni va tarkibiy asoslarini ma’rifatparvarlik faoliyati tuzilmasiga maqsadli yo‘naltirish imkoniyat¬larini kengaytirishga erishilgan.
Tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha ko‘mitaning 2019 yil 20 dekabr`dagi 7250- sonli xulosasi asosida tayyorlandi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish