Tileo‘ov Erkinbay Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped775.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika intituti.
Ilmiy rahbar: Kudaybergenova Tajikal Kuchkarovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Reimova Zuxra Abatbaevna, yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish jarayonining tarkibiy asoslari (bosqichlari, omillari va komponentlari) shaxsning huquqiy ong darajasi, huquqiy e’tiqodning namoyon bo‘lishini axborot-semiotik yondashuv bilan o‘zaro interrior (ma’naviy-ruhiy etuklik) integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari huquqiy faoliyatning kognitiv, baholovchi, ijtimoiy va kommunikativ darajalarini belgilash orqali huquqiy nigilizmni bartaraf etishga doir korreksion-tarbiyaviy faoliyat tamoyillariga (xolislik, tizimlilik, qayta aloqasini ta’minlash, intensivlik) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda huquqiy kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti huquqiy muammolarni mustaqil o‘rganish, huquqiy fikrlash faolligini ta’minlash, bo‘lg‘usi pedagogik faoliyatga huquqiy moslashtirishga yo‘naltirilgan kazusli (huquqiy masalalar), keysga asoslangan, vitagen (hayotiy) mashqlar majmuini refleksivlik darajasini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda huquqiy kompetentlikni rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi “muvaffaqiyat vaziyatlari”ni yaratish, erkin tanlov huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi mobil huquqiy yordam ko‘rsatishga asoslangan virtual ta’sirning intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomil-lashtirish bo‘yicha olingan nazariy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish jarayonining tarkibiy asoslari, shaxsning huquqiy ong darajasi, huquqiy e’tiqodning namoyon bo‘lishini axborot-semiotik yondashuv bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga doir takliflaridan 5111600 – milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari va Malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1714-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, huquqiy faoliyatning kognitiv, baholovchi, ijtimoiy va kommunikativ darajalarini belgilash orqali huquqiy nigilizmni bartaraf etishga doir korreksion-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish, talabalarda huquqiy kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 44-02/112 raqamli “Yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining ahamiyati va o‘rni” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 6 sentyabrdagi 15/23-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda huquqiy kompetentlikni rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasini takomillashtirish, “muvaffaqiyat vaziyatlari”ni yaratish, erkin tanlov huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi mobil huquqiy yordam ko‘rsatishga asoslangan virtual ta’sirning intensivligini ta’minlash bo‘yicha takliflardan 48-14/183 raqamli “Harakatlar strategiyasini yoshlarimiz bilishi kerak” loyihasi ishlab chiqilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 6 sentyabrdagi 15/23-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.