Samatova Barnoxon Ravshanxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining motivatsiyasi (yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped319.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.30.08.2017.Fil/Ped.27.01. 
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamirbaeva Dina Jaksibaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining motivatsiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
didaktik jarayonning motivatsiya, o‘quvchi faoliyati va boshqaruv komponentlari nazariyasi motivatsiyaning psixologik mohiyatidan kelib chiqib, talaba faoliyati va o‘qituvchi boshqaruvi algoritmlari bilan integratsiyalashgan holda  rivojlantirilgan;
yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari motivatsiyasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi lingvodidaktik ta’minot, fasilitator va assessment kabi dominant omillari ilk bor aniqlangan;
motivatsiyani rivojlantirishning konsentrik yondashuvga asoslangan metodikasi ierarxik ravishda talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlarini stimullash asosida takomillashtirilgan;
“talabalarning faolligi”, “qo‘shimcha materiallardan ixtiyoriy foydalanishi” va “mustaqil vazifalarni bajarish tendensiyasi” kabi ko‘rsatkichlar vositasida motivatsiyasion rivojlanish dinamikasining diagnostik mezoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining motivatsiyasi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida: 
motivatsiyaning psixologik mohiyatidan kelib chiqib, talaba faoliyati va o‘qituvchi boshqaruvi algoritmlari bilan integratsiyalashgan holda  rivojlantirilgan didaktik jarayonning motivatsiya, o‘quvchi faoliyati va boshqaruv komponentlari nazariyasidan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 iyuldagi  89-03-2883-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar mazmunini boyitilishiga xizmat qilgan;
aniqlangan yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari motivatsiyasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi dominant omillardan “Up Scale” (Student`s book; Teacher’s book; Workbook) darsliklar majmuasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355-son buyrug‘i, 355-076 guvohnomasi). Natijada darslik mavzu va topshiriqlarining takomillashishiga hizmat qilgan;
talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlarini stimullash asosida takomillashtirilgan motivatsiyani rivojlantirishning konsentrik yondashuvga asoslangan metodikasidan “Ingliz tili - V2 darajasi bo‘yicha Scale Up (Student`s book; Teacher’s book; Workbook)” nomli o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 23 avgustdagi 335-son buyrug‘i, 335-105 guvohnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma mazmuni boyitilgan;
“talabalarning faolligi”, “qo‘shimcha materiallardan ixtiyoriy foydalanishi” va “mustaqil vazifalarni bajarish tendensiyasi” kabi ko‘rsatkichlar vositasida takomillashtirilgan motivatsiyasion rivojlanish dinamikasining diagnostik mezonidan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining nofilologik OTM ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslari,  6.3 «O‘quv jarayonini rejalashtirish, baholash metodlari va fidbek mexanizmlari» modulini ishlab chiqishda tatbiq etilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2019 yil 8 maydagi 10-06/66-son ma’lumotnomasi). Natijada professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish kursi o‘qitish mazmuni metodik tavsiyalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish