Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nikohdan tashqari munosabatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”,  19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2RhD/P.110.
Ilmiy raxbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor, Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich,  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot:   O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nikohdan tashqari munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jabhalarini aniqlash va ularni tadqiq etishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oilalarda nikohdan tashqari munosabatlarni keltirib chiqaruvchi “o‘zgani sevib qolish”, “moddiy ehtiyojini qondirish”, “jinsiy aloqaga majburiyat sifatida qarash” hamda “turmush o‘rtog‘idan jinsiy qoniqmaslik” kabi ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan; 
nikohdan tashqari munosabatlar ayollarda “yoshlikdagi muhabbat hislari asosida” va erkaklarda “bo‘sh vaqtini yaxshi kayfiyat bilan o‘tkazish” hamda “xizmat safari, do‘stlar uchrashuvi” vaqtida jinsiy aloqa yuzaga kelishi aniqlangan; 
nikohdan tashqari munosabatlarning vujudga kelishida oilalarning mustahkamligini ta’minlovchi “o‘zaro hurmat” va “hissiy intilish”ning pasayishi yetakchi psixologik omillar sifatida aniqlangan; 
nikohdan tashqari munosabatlarning asoratlari, ajralishlar va turli tanosil kasalliklarni oldini olish bo‘yicha mualliflik ishlanmasi tavsiflanib, uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nikohdan tashqari munosabatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilalarda nikohdan tashqari munosabatlarni keltirib chiqaruvchi “o‘zgani sevib qolish”, “moddiy ehtiyojini qondirish”, “jinsiy aloqaga majburiyat sifatida qarash” hamda “turmush o‘rtog‘idan jinsiy qoniqmaslik” kabi ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan hamda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2019 yil 21 oktyabrdagi № P-M-8g-son ma’lumotnomasi). Natijada ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash va ularning sabablarini to‘g‘ri taxlil qilishda  amaliy  imkoniyatlarni kuchaytirgan;
nikohdan tashqari munosabatlar ayollarda “yoshlikdagi muhabbat hislari asosida” va erkaklarda “bo‘sh vaqtini yaxshi kayfiyat bilan o‘tkazish” hamda “xizmat safari, do‘stlar uchrashuvi” vaqtida jinsiy aloqa yuzaga kelishi bo‘yicha omillar aniqlangan hamda  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan  (Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2019 yil 21 oktyabrdagi № P-M-8g-son ma’lumotnoma). Natijada yoshlar ongiga nikohdan tashqari munosabatlarning salbiy oqibatlarini tushuntirish, nizoli vaziyatlarni psixologik tahlil qilish, buning natijasida oiladagi rashk tufayli sodir bo‘layotgan turli ko‘ngilsizliklarni aniq tushuntirishning ijtimoiy-psixologik asosi yaratildi.  
nikohdan tashqari munosabatlarning vujudga kelishida oilalarning mustahkamligini ta’minlovchi “o‘zaro hurmat” va “hissiy intilish”ning pasayishi yetakchi psixologik omillar sifatida aniqlashga oid takliflar  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2019 yil 21 oktyabrdagi № P-M-8g-son ma’lumotnoma). Oilaviy konsultatsiya jarayonida er-xotin munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashda asosiy mezon sifatida foydalanilgan. 
nikohdan tashqari munosabatlarning asoratlari, ajralishlar va turli tanosil kasalliklarni oldini olish bo‘yicha mualliflik ishlanmasi tavsiflanib, uslubiy ta’minot ishlab chiqilib Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2019 yil 21 oktyabrdagi № P-M-8g-son ma’lumotnoma). Natijada yosh oilalar bilan ishlash samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish