Topildiev Baxromjon Raximjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Yu117.
Ilmiy maslahatchi: Ruziev Rustam Jabborovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxammadiev Ayub Abduraxmanovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Aminjonova Matluba Ahmedovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini takomillashtirish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama ilmiy tahlil qilish, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya va pay fondini ishonchli boshqaruvchisi tushunchasi, ishonchli boshqaruvchining mulkdor huquqlarini amalga oshirish huquqi asoslab berilgan;
ishonchli boshqaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘lishiga oid talab va shartlar asoslab berilgan;
ishonchli boshqaruvchining majburiyatlarni bajarmaganligi uchun etkazilgan haqiqiy zarar miqdorida javobgar bo‘lishi asoslantirilgan;
investisiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish shartnomasining tushunchasi, ushbu shartnomani tuzishga haqli bo‘lgan shaxslar doirasi belgilangan;
ishonchli boshqarish shartnomasining ajralmas qismi sifatida investisiya deklaratsiyasining tuzilishiga oid talablar asoslantirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari ishonchli boshqaruvchining fuqarolik-huquqiy javobgarligini belgilash zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mol-mulk ishonchli boshqarish shartnomasini takomillashtirish va muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«investisiya va pay fondlarining ishonchli boshqaruvchisi» tushunchasini belgilashga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi birinchi-ikkinchi qismlar) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 25 avgustdagi O‘RQ–392-sonli «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-6-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif investisiya va pay fondlari ishonchli boshqaruvchisining huquqiy maqomini aniqlashtirgan;
ishonchli boshqaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘lishi, ishonchli boshqaruvchi o‘zi boshqaradigan investisiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z kapitaliga (ustav kapitaliga qo‘yilgan nomoddiy aktivlarni chegirib tashlagan holda) ega bo‘lishi kerakligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi uchinchi-to‘qqizinchi qismlar) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 25 avgustdagi O‘RQ–392-sonli «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-6-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi ishonchli boshqaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘la olishi, investisiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining aniqlanishiga imkon bergan;
investisiya va pay fondi ishonchli boshqaruvchisiga qo‘yiladigan talablar, uning huquq va majburiyatlari, javobgarligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi uchinchi-to‘qqizinchi qismlar) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 25 avgustdagi O‘RQ–392-sonli «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-6-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi investisiya va pay fondi ishonchli boshqaruvchisiga qo‘yilgan talablar, ularning huquq va majburiyatlari, haq to‘lash tartibi va javobgarligiga oid asosiy shartlarni aniqlashtirishga imkon bergan;
«ishonchli boshqarish shartnomasi» tushunchasiga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonuniga (9-modda) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi investisiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish shartnomasining ta’rifini ishlab chiqish, uning xususiyatlari va uni qo‘llash bo‘yicha talablarni belgilashga va ushbu shartnoma tuzishni huquqiy tartibga solishga ko‘maklashgan;
ishonchli boshqarish shartnomasi sub’ektlari doirasini belgilash, ushbu shartnomaning ajralmas qismi sifatida investisiya deklaratsiyasini kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini belgilashga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi Qonuniga (9-modda) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 06/2-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini chegaralash, investisiya deklaratsiyasining huquqiy maqomini ifodalash hamda shartnoma amal qilishining eng ko‘p muddatini nazarda tutishga imkon yaratgan;
aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari bilan birga ishonchli boshqaruvchining javobgarligini belgilashga oid taklif (O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 81-moddasi beshinchi-oltinchi qismlari) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi O‘RQ–531-sonli «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 17 oktyabrdagi 105-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyatlari ishonchli boshqaruvchilarining mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan.