Achilova Dilnoza Axmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayonini modellashtirish (“Chizma geometriya va muhandslik grafikasi” fani misolida», 05.01.01–Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalari   (pedagogika  fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped873.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Dilarom Fayzullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Erkin Iskandarovich, pedagogika  fanlari doktori, professor; Nazirova El`mira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayonini samaradorligini oshirish uchun uzluksiz nazorat texnologiyasi asosida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish modelini  ishlab chiqishdan iborat  (“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani misolida). 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini o‘qitish muvaffaqiyatligiga salbiy va ijobiy omillarning ta’sirini dispersion tahlil qilish modeli ishlab chiqilgan;
 talabalarning bilimlarini shakllanishini doimiy nazorat qilish uslubi va shaxsiy xususiyatlari asosida dinamik kvalimetrik baholash usuli yaratilgan;  
o‘quv jarayonining sifatini boshqarish uchun talabalarning bilimlari darajasi va tuzilishini uzluksiz nazorat qilish  imkonini beruvchi imitatsion model` yaratilgan;
rang korrelyasiyasi va dispersion tahlil, klassik statistik o‘lchov usullari  asosida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz nazorat qilish texnologiyasi va modeli asosida o‘quv jarayonining samaradorligi  oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayonini modellashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish modeli natijasi asosida: 
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini o‘qitish muvaffaqiyatligiga salbiy va ijobiy omillarning ta’sirini dispersion tahlil qilish modeli hamda talabalarning bilimlarini shakllanishini doimiy nazorat qilish uslubi va dinamik kvalimetrik baholash usuli   Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filialida joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 89-03-3931-son ma’lumotnomasi). Natijada grafik fanlarni o‘qitishni, bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorlash madaniyatini oshirishda imkoniyatlar yaratgan;
grafik fanlardan talabalarda ma’lumotlar shakllanishini ularga beriladigan masalalar qiyinligi va murakkabligi darajasi, o‘quv jarayonning sifatini boshqarish uchun talabalarning bilimlari darajasi va tuzilishini uzluksiz nazorat qilish imkonini beruvchi imitatsion model` Namangan muhandislik-qurilish institutida joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 89-03-3931-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislar kompetensiyasini,  malakasini va intellektual qobiliyatlarining rivojlanishiga imkon bergan;
o‘quv jarayonning sifatini boshqarish uchun talabalarning bilimlari darajasi va tuzilishini uzluksiz nazorat qilish imkonini beruvchi imitatsion model` hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz nazorat qilish texnologiyasi va modeli Qozog‘iston Respublikasining Astana shahridagi Evraziya milliy universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 noyabrdagi 89-03-3931-son m’alumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonini samaradorligi, talabalarning professional mahorati, umummuxandislik madaniyati va o‘zlashtirish sifatini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish