Nishonova Nodiraxon Rayimjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlar faoliyatiningijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.DSc/Fal21.
Ilmiy maslahatchi: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich  falsafa fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Ra’no Axatovna, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor, Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor, Huseynova Abira Amonovna falsafa fanlari doktori, professor v/b.
Yetakchitashkilot: Toshkent pediatiriya  tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyahamiyatgamolik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston davlat vakillik organida xotin-qizlar faolligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan o‘rganish, ular faolligini yuksaltirishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat vakillik organlarida ayollar mavqeiga ta’sir etuvchi segregatsiyani bartaraf etishning huquqiy, aksilogik va praksiologik mezonlari birligi mexanizmi ishlab chiqilgan;
xotin-qizlarning gender tengligi va feminizmning ijtimoiy-falsafiy mohiyati xalq mentalitetiga asoslanish zaruriyati ochib berilgan;
xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda nazariya va amaliyot birligini ta’minlash muhimligi asoslangan;
ijro etuvchi va mahalliy davlat vakillik organida xotin-qizlarning faoliyatidagi muammolar (davlat vakillikdagi ishtirokida sun’iy to‘siqlar qo‘yish) o‘rganilib, ularni hal etish mexanizmlari (siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarga bo‘lgan stereotiplarni o‘zgartirish, Xalqaro xotin-qizlar harakati bilan aloqalarni va tajriba almashishni kengaytirish) ishlab chiqilgan; 
zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayol portretini yaratishda ma’naviy-axloqiy fazilatlar va liderlik xislatlari uyg‘unligi zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat vakillik organida xotin-qizlar faoliyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Davlat vakillik organlarida ayollar mavqeiga ta’sir etuvchi segregatsiyani bartaraf etishning huquqiy, aksilogik va praksiologik mezonlari birligi mexanizmi ishlab chiqilganligi haqidagi ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2017 yil rejasiga kiritilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash organini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish” bandini bajarilishida, davlat vakillik organida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan 2018 yil targ‘ibot-tashviqot ishlarida ayol-qizlarga nisbatan segregatsiyani bartaraf etishda, ularda huquqiy ong va madaniyatni o‘sirish,  amaliyotda qadriyat sifatida olib qarash haqidagi tavsiyalar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 28 martdagi 04/584-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda rivojlanishida ilg‘or fikrli, intellektual salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan etuk ayol kadrlarni tayyorlash va faolligini yuksaltirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
xotin-qizlarning gender tengligi va feminizmning ijtimoiy falsafiy mohiyati xalq mentalitetiga asoslanish zaruriyatiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan ayollarning fan va ta’lim sohasidagi ijtimoiy faolligi, ularning innovatsion g‘oyalari mamlakatni modernizatsiyalash va demokratlashtirish, fan va ta’limni insonparvarlashtirish jarayonida o‘z o‘rni va ahamiyatga ega ekanligi 2013 yil “Obod turmush” yiliga bag‘ishlangan “Ayol fan va ta’lim organida” mavzusidagi loyihasini amalga oshirilishida va oliy ta’limlarda tahsil olayotgan xotin-qizlar faoliyatida amaliyotga tadbiq etishda, shuningdek, oliy davlat vakillik, ijro etuvchi vakillik organi va sud hokimiyati (vakillik) faoliyatida xotin-qizlarning ishtiroki, ular olib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faollik ko‘rinishlari, davlat vakillik organida sub’ekt va ob’ekt munosabatlari xalq mentalitetiga moslikda bo‘lish zarurligi haqidagi nazariy-metodologik asoslari to‘g‘risidagi ilgari surilgan g‘oyalardan ilmiy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar “Olima” uyushmasining 2019 yil 4 apreldagi 1-102 son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar yosh qizlarning bilish jarayonidagi muammolarni o‘rganishda nazariy bilimlarini takomillashtirishga hamda voqelik haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishiga xizmat qilgan ;
xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda nazariya va amaliyot birligini ta’minlash muhimligi asoslanganligi haqidagi ilmiy yangiligidan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan faoliyatni amalga oshirishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 18 fevraldagi 0116/54-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosalaridan, taklif va tavsiyalar, tahlil va talqinlardan ayol-qizlarimizda yangicha stereotiplarni shakllantirishga xizmat etgan  ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning mustahkamlanishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
ijro etuvchi va mahalliy davlat vakillik organida xotin-qizlarning faoliyatidagi muammolar (davlat vakillikdagi ishtirokida sun’iy to‘siqlar qo‘yish) o‘rganilib, ularni hal etish mexanizmlari (siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarga bo‘lgan stereotiplarni o‘zgartirish, Xalqaro xotin-qizlar harakati bilan aloqalarni va tajriba almashishni kengaytirish) ishlab chiqilgan,-degan ilmiy yangiligidan “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2018 yil rejasidagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida qayd etilgan  “xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mehnat shartnomalarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash” bandining ijrosini bajarilishida, viloyatlar kesimidagi tahlillarda, viloyatlarda o‘tkazilgan “Tadbirkor ayol” o‘quv seminar-treninglari va konferensiyalarida foydalanilgan (“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2019 yil 3 apreldagi 04/691-19-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan zarur tavsiya va uning dinamikasidan mamlakatimiz xotin-qizlarining oilaviy, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etishga qaratilgan targ‘ibotishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayol portretini yaratishda ma’naviy-axloqiy fazilatlar va liderlik xislatlari uyg‘unligi zaruriyati asoslangan degan ilmiy yangiligidan,  amaliy taklif va tavsiyalardan FA-F1-GO16 raqamli «Shaxs akmeologik muammolarining axloqiy echimlari: ijtimoiy-etik tadqiqot (holat va istiqbol)» mavzuidagi fundamental ilmiy-tadqiqot ishining echimlari, holat va istiqbolni tadqiq etishda va loyihaning «XXI – asr intellektual g‘oyalar asri» bandini bajarishda, loyiha bo‘yicha hisobotlar tayyorlashda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 89-03-726-son ma’lumotnomasi) ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari» nomli o‘quv qo‘llanmasidan viloyat, tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitasi raislarining o‘quv seminar – treningida davlat vakillik organida faol - lider xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jihatdan adolatli qaror qabul qilishi, jamoaga tayanishi, kishilarni uyushtira bilishi, Vatan manfaatlariga xizmat qilishi, fidoyiligi, qonunlarga, tartiblarga bo‘ysunishi, tinmay yangilikka intilishi, an’anaviy qarorlar qabul qilishi kabi uslublarga doir ilmiy yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasining 2019 yil 20 fevraldagi 19/320-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotda qo‘llanilishi kadrlarni maqsadli tayyorlash organini takomillashtirish ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish