Ro‘zmatzoda Qodirqul Ruzmat o‘g‘lining
Falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik qarashlarining XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyo tasavvufi rivojidagi o‘rni», 09.00.04 – falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2017.2.DSc/FaII1.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa tarixi va mantiq kafedrasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08. 2017.S.01.08
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor; Boltaboev Hamidullo Boltaboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimxonov Mo‘min, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik  qarashlarining mazmuni va mohiyatini ochish orqali uning Markaziy Osiyo tasavvufi rivojidagi o‘rni va rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasavvufning ilmiy - falsafiy (ratsional-mantiqiy bilish)  va diniy konsepsiyalari (olam, Xudo va inson mohiyatini qalb bilan bilish) bir-biridan farqlangan;
Xojamnazar Huvaydoning tarjimai holi, diniy-mistik merosi, uning izdoshlarining diniy-tasavvufiy qarashlari komprativistikasi  ochib berilgan;
naqshbandiya tariqatining izchil davomchilari (Boborahim Mashrab, So‘fiy Ollohyor)ning izdoshi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlari (naqshbandiyaning koshg‘ar maktabiga mansubligi, yassaviya, mavlaviya, malomatiya, qodiriya, zayniya tariqatlari g‘oyalarini targ‘ib etishi, avom xalq ma’naviyatini yuksaltirishga intilishi) tarixiylik va mantiqiylikning birligi tamoyili asosida  ochib berilgan;
XVII – XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda surunkali davom etgan ma’naviy, ijtimoiy – siyosiy inqirozning sabablari (ilmsizlik, molu dunyoga xirs qo‘yish, jaholat, munofiqlik) va ularni bartaraf etishda Xojamnazar Huvaydo tasavvufiy  qarashlarining ijobiy ta’siri  asoslangan;
Xojamnazar Huvaydo Markaziy Osiyo tasavvufi va ma’rifatparvarligi tarixida  birinchi bo‘lib barcha musulmonlarning  majburiy boshlang‘ich ta’lim  olishi zarurligi g‘oyasini ilgari surib, uni hayotga joriy etishi  asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik qarashlarini tahlil qilish va uning  XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyo tasavvufi rivojidagi o‘rnini o‘rganish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan va quyidagi ilmiy tadqiqot natijalari joriy qilingan:
tasavvufning ilmiy - falsafiy (ratsional-mantiqiy bilish)  va diniy konsepsiyalari (olam, Xudo va inson mohiyatini qalb bilan bilish) bir-biridan farqlanganligi ilmiy yangiligi 2004 yili “Sharq” nashriyotida chop etilgan Falsafa: qomusiy lug‘at»ning «Tasavvuf» maqolada (o‘z aksini topgan («Sharq» NMAK tahririyati bosh muharriri imzolagan 14. 05 19 y. № 9-428 sonli dalolatnoma). Tasavvuf islom sivilizatsiyasini harakatlantiruvchi kuch ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqot va targ‘ibot ishlarida foydalangan (O‘zbekistondagi  Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining № 152/ 19. 15 aprel 2019 yildagi dalolatnomasi). Ushbu ilmiy natijalar O‘zbekiston islom sivilizatsiya markazi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
Xojamnazar  Huvaydoning tarjimai holi, diniy-mistik merosi, uning izdoshlarining diniy-tasavvufiy qarashlari bilan komprativistik nuqtai nazardan  ochib berilishiga  oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali «Ziyorat» ko‘rsatuvining ijodiy jamoasi Farg‘ona viloyatining Chimyon qishlog‘iga borib tayyorlagan maxsus sonida foydalangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanali DUK direktorining 2019 yil 25 fevral` kuni bergan 08-14-94 raqamli dalolatnomasi). Shuningdek, Xojamnazar Huvaydoning tarjimai holiga doir ilmiy yangiliklar «Huvaydo Xojanazar G‘oyibnazar o‘g‘li» (Falsafa: qomusiy lug‘at. -Toshkent: Sharq, 2004. B. 491)dagi maqolada o‘z ifodasini topgan («Sharq» NMAK tahririyati bosh muharriri imzolagan 14.05 19 y. № 9-428 sonli dalolatnoma). Ilmiy natijalar Xojamnazar Huvaydoning hayoti va faoliyatiga doir turlicha va hatto bir-biriga zid qarashlarga chek qo‘yish imkonini bergan va buyuk mutasavvif shoir biografiyasiga ilmiy aniqlik kiritgan; 
naqshbandiya tariqatining izchil davomchilari (Boborahim Mashrab, So‘fiy Ollohyor)ning izdoshi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlari (naqshbandiyaning koshg‘ar maktabiga mansubligi, yassaviya, mavlaviya, malomatiya, qodiriya, zayniya tariqatlari g‘oyalarini targ‘ib etishi, avom xalq ma’naviyatini yuksaltirishga intilishi) tarixiylik va mantiqiylikning birligi tamoyili asosida  ochib berilishiga doir ilmiy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «2018 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni  yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»ning VII bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari» 55-bandi «Buyuk allomalarimiz mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi Mobil ilova yaratish va ishga tushirish»da keng foydalanilgan. Dissertatsiyada keltirilgan Xojamnazar Huvaydo dunyoqarashining o‘ziga xosligi va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid bunyodkor g‘oyalaridan global tahlikali zamonda zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olish, yoshlar orasida ma’naviy meros, milliy g‘oya, ma’naviy taraqqiyot va ajdodlarimizning ma’naviy merosi targ‘ibotiga qaratilgan taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 – 2018 yillardagi ish rejasida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari imzolagan 02/09-466-19 «06» 05. 2019 yildagi dalolatnoma). Xullas, mazkur tadqiqot respublika ma’naviy-ma’rifiy markazining ish samaradorligini yanada yashilashga yordam bergan;
XVII – XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda surunkali davom etgan ma’naviy, ijtimoiy – siyosiy inqirozning. sabablari (ilmsizlik, molu dunyoga xirs qo‘yish, jaholat, munofiqlik) va ularni bartaraf etishda Xojamnazar Huvaydo tasavvufiy  qarashlarining ijobiy ta’siri ilmiy asoslanishiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlar idorasi mamlakatimiz aholisi o‘rtasida olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida keng foydalanyapti. Xojamnazar Huvaydoning tasavvufiy qarashlari o‘n sakkizinchi asrda Qo‘qon xonligida keng yoyilgan soxta tariqatchilik, riyokorlik, ta’magirlik, munofiqlik, kibr, kizb (yolg‘onchilik) singari illatlarga qarshi kurashda muhim rol` o‘ynaganligini tasdiqlovchi ilmiy dalil va xulosalari hozirgi kunda ham jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir (O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari imzolagan 2019 yil 14 maydagi № 1234 dalolatnoma). Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur tadqiqot jarayonida olingan natijalar O‘zbekiston musulmonlar idorasi ilmiy jamoasining aholi o‘rtasida soxta tariqatchilik, munofiqlik, riyokorlik, diniy mutaassiblik singari illatlarga qarshi kurash samaradorligini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Xojamnazar Huvaydo Markaziy Osiyo tasavvufi va ma’rifatparvarligi tarixida  birinchi bo‘lib barcha musulmonlarning  majburiy boshlang‘ich ta’lim  olishi zarurligi g‘oyasini ilgari surib, uni hayotga joriy etishi asoslanganligi to‘g‘risidagi muhim ilmiy yangilikdan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi xalqimiz ma’naviyati, diniy bilim va saviyasini yuksaltirishga qaratilgan seminar va suhbatlar tashkil etishda keng foydalanyapti (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisi o‘rinbosari imzolagan 2019 yil 10. 05. 02-02/ 257- sonli dalolatnoma). Ushbu tadqiqot natijalari mahallalarda yoshlarni odob-axloqli, ilm-ma’rifatli va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘ularini yuksaltirish va aholi o‘rtasida olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga yordam bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish