Saparova Gulbaxar Aytbaevnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalqi ma’naviy-diniy madaniyati rivojiga milliy o‘zlikni anglashning ta’siri», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (din falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fa125
Ilmiy maslahatchi: Abdusamedov Anvar Eshonxonovich falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna falsafa fanlari doktori, professor, Berdimuratova Alima Qarlibaevna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq xalqi milliy o‘zlikni anglashning rivojlanish jarayonini nazariy-metodologik hamda ilmiy-falsafiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy ӯzlikni anglashda qoraqalpoq xalqi etnogenezisi va madaniyatining ӯziga xos xususiyati (til, milliy psixologiya, urug‘, urf-odatlar, an’analar, ahloq qoidalari, madaniyat) asoslangan;
qoraqalpoq xalqi ӯzligini anglashda milliy-ma’naviy (san’at, diniy e’tiqod, nikoh marosimlari) va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi asoslangan;
qoraqalpoq xalqi ӯzligini anglashda ma’naviy-diniy madaniyat va milliy merosning ӯrni milliy identiklik jihatdan ochib berilgan;
globallashuv sharoitida milliy ӯzlikni anglashda ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarning oldini olishda shajaraviy tarbiyaning roli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy o‘zlikni anglashning nazariy-falsafiy g‘oyalari va funksiyalari asosida ishlab chiqilgan ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga oid takliflar asosida:
milliy ӯzlikni anglashda qoraqalpoq xalqi etnogenezisi va madaniyatining ӯziga xos xususiyati (til, milliy psixologiya, urug‘, urf-odatlar, an’analar, ahloq qoidalari, madaniyat) degan ilmiy yangiligidan foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Koraqalpog‘iston Respublikasi bӯlinmasining (2019 yil 11 aprel`dagi 106-sonli ma’lumotnomasi ), Koraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining (2019 yil 30 oktyabr`dagi 2-04/2112-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlarda milliy o‘zlikni anglashda qoraqalpoq xalqi millat sifatida shakllanishi, o‘ziga xos bo‘lgan til, madaniyat, ma’naviy-madaniy merosi, urf-odat, an’analar va diniy qadriyatlariga oid ilmiy natija, xulosa va taklif tavsiyalardan madaniy tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq xalqi ӯzligini anglashda milliy-ma’naviy (san’at, diniy e’tiqod, nikoh marosimlari) va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bӯlimi (2019 yil 3 oktyabr`dagi 01/12-340-sonli ma’lumotnomasi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi telekanali «Munosabat» ko‘rsatuvida «Qoraqalpoq xalqining milliy o‘zligini anglashi va ma’naviy madaniyati» rubrikasi tayyorlangan (2019 yil 22 oktyabr`dagi ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur ko‘rsatuv va tadbirda qoraqalpoq xalqi milliy ӯzligini anglashida ma’naviy madaniyat, milliy munosabatlar, etnomadaniy an’analar, oilada milliy tarbiya va umuminsoniy qadriyatlar, etnomuhit tushunchalarning targ‘ibot tashviqot ishlarini samaradorligini oshirishga va ko‘rsatuvning ssenariyalarni tayyorlashda ilmiy nazariy mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq xalqi ӯzligini anglashda ma’naviy-diniy madaniyat va milliy merosning ӯrni milliy identiklik jihatdan ochib berilgan degan yangilikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kӯrgizmalarida gid faoliyatidan foydalanilgan (2019 yil 4 noyabr`dagi 5-06/679-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur kӯrgazmada qoraqalpoq xalqi ӯzligini anglashida milliy urf-odat, tasviriy san’at, milliy kiyimlar, zargarlik buyumlar, musiqa san’ati, adabiyot, fol`klor, hunarmandchilik, madaniy merosi, an’analar va diniy qadriyatlarni ilmiy asoslab berishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida milliy ӯzlikni anglashda ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarning oldini olishda shajaraviy tarbiyaning roli degan yangilikdan eshittiruvlar Qoraqalpog‘iston radiokanali «Axborot informatsion tanlash» dasturining «Xaftanoma» eshittiruvida (2019 yil 17 iyun`dagi 561-sonli ma’lumotnomasi), takliflar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan mo‘ljallangan ish rejasini bajarilishida foydalanilgan (2019 yil 31 oktyabr`dagi 02-07/1488-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur eshittirish va takliflar amaliyotga joriy etilishi qoraqalpoq yoshlarining milliy o‘zlikni anglashida ma’naviy tahdidlarning oldini olish, ularning ongiga milliy g‘oyani singdirish, diniy aqidaparastlik oqimlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash masalasini keng e’tirof etishga va uning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.