Yusupov Abror Bagibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat boshqaruvi samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss87.
Ilmiy rahbar: Berdiqulov Sirojjon Nasipqulovich, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017. Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘bek Idirov siyosiy fanlar doktori, professor; Ibodulla Ergashev siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini baholash tizimini takomillashtirishga oid masalalarni tadqiq etish va shuning asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda muayyan davr talabi hamda shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda baholash indikatorlarining o‘zgarib borishi tendensiyasi (xususan, davlat boshqaruvi idoralari faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari mamlakat taraqqiyot bosqichi bilan hamohang bo‘lishi) ochib berilgan;
davlat boshqaruvi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini baholashda davlat boshqaruvi sifatini baholovchi xalqaro tashkilotlar metodologiyasiga tayanish (ushbu yo‘nalishda xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan turli reytinglarda yuqori o‘rinni egallash nuqtai nazaridan) lozimligi asoslab berilgan hamda mamlakatimizdagi davlat hokimiyati idoralaridan axborot to‘plash tizimi ishlab chiqilgan;
davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda uning aholi farovonlik darajasi o‘zgarib borishi dinamikasi bilan o‘zaro mutanosibligi va bunda jamoatchilik nazoratining ahamiyati xususan, davlat boshqaruvi idoralari faoliyati samaradorligini baholashda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va roli asoslab berilgan (bunda davlat boshqaruvi idoralari faoliyati samaradorligi baholashda an’anaviy o‘z-o‘zini baholash amaliyoti har doim ham natija bermasligiga urg‘u berilgan);
davlat boshqaruvi samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish ushbu tizimga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilishni taqozo etishi, buning uchun esa avvalo konseptual asoslarni yaratish zarurati asoslangan shuningdek, bunga davlat boshqaruvi idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlar malakasini ushbu yo‘nalishda muntazam tarzda oshirib borish orqali erishish lozimligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda muayyan davr talabi hamda shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda baholash indikatorlarining o‘zgarib borishi tendensiyasi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-5400-son 05.04.2018 y.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2018 yil 27 noyabrdagi 02/2417-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini davr talabidan kelib chiqib qayta shakllantirishga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini baholashda davlat boshqaruvi sifatini baholovchi xalqaro tashkilotlar metodologiyasiga tayanish lozimligi to‘g‘risidagi taklif amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 07/07-34-01-32-1295-son ma’lumotnomasi). Bunda Jahon bankining “Davlat boshqaruvi sifati” reytingida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha davlat boshqaruvi idoralaridan axborot to‘plash tizimi ishlab chiqilgan. Bu o‘z navbatida yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro reytingda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash, xususan tegishli davlat boshqaruvi idoralaridan axborot to‘plash jarayonini soddalashtirish va uning samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda jamoatchilik nazoratining ahamiyatini oshirish, jumladan ushbu jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb qilish to‘g‘risidagi taklif amaliyotga joriy qilingan (Yuksalish Umummilliy harakatining 2019 yil 14 oktyabrdagi 1714/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida tegishli qo‘llanma ishlab chiqilgan bo‘lib, u davlat boshqaruvi samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni tasniflashga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi samaradorligini baholash tizimiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan ilmiy xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 1591-son ma’lumotnomasi). Bu ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy kompleks materiallari, mashg‘ulot ssenariylari, nazorat savollarini tayyorlashda nazariy asos bo‘lib hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari/rahbar xodimlar malakasini oshirishga xazmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish