Eshmurodov Akbar Tolliboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirish texnologiyalari”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/Ss102.
Ilmiy rahbar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Anvar Qahorovich falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich siyosiy fanlar doktori, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashda ichki va tashqi tahdidlar omilini o‘rganish hamda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini yanada takomillashtirishga oid yangicha qarashlarni ilgari surishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Harakatlar strategiyasi” dasturiy vazifalari doirasida jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashning milliy konsepsiyasini ishlab chiqish zaruriyati asoslab berilgan hamda amaliyotga joriy etishning siyosiy-tashkiliy, ma’naviy-axloqiy kabi mexanizmlari ishlab chiqilgan; 
milliy mafkurani fuqarolar ongiga singdirish, uning samarali ta’sirchanligini oshirishning ma’naviyat-mafkura-ta’lim va tarbiya-targ‘ibot tamoyiliga amal qilish lozimligi asoslanib, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” sari  konsepsiyasining amalga oshishida ma’naviy xavfsizlikning o‘rni ochib berilgan.
“Beshta muhim tashabbus” doirasida jamiyatning asosiy qatlami bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-madaniy faoliyatdagi faolligini oshirish orqali ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash muhimligi asoslangan;
jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga e’tibor qaratib, mental xususiyatlar asosida ma’naviy ekspertiza tizimini joriy qilish hamda baholash indikatorlarini qo‘llash lozimligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirish texnologiyalari takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
“Harakatlar strategiyasi” dasturiy vazifalari doirasida jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashning milliy konsepsiyasini ishlab chiqish zaruriyati hamda amaliyotga joriy etishning siyosiy-tashkiliy, ma’naviy-axloqiy kabi mexanizmlari, jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirishga xizmat qiladigan xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, uning hududiy Kengashlari faoliyatida, jumladan partiya tashkilotlarining 2019 yilning II yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqish, jamiyat hayotida oila instituti rolini takomillashtirish, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda, shuningdek, partiya xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida samarali foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 24 apreldagi 01-227-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa va takliflar partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadigan nomzodlarning saylovoldi dasturlarini shakllantirishga xizmat qilgan hamda mazkur yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligining oshishiga katta hissa qo‘shgan;
milliy mafkurani fuqarolar ongiga singdirish, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” sari  konsepsiyasining amalga oshishida ma’naviy xavfsizlikning o‘rnini ta’minlash, uning samaradorli va ta’sirchanligini oshirishda ma’naviyat-mafkura-ta’lim va tarbiya-targ‘ibot tamoyiliga amal qilish lozimligiga oid xulosalar, ularini joriy etish zarurligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati va ish rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishida keng foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 30 maydagi 02/09-683-19-son ma’lumotnomasi) hamda mazkur yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligining oshishiga katta hissa qo‘shgan;  
“Beshta muhim tashabbus” doirasida jamiyatning asosiy qatlami bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-madaniy faoliyatdagi faolligini oshirish orqali ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash muhimligi,  jamiyat ma’naviy hayotini mo‘’tadillashtirish, mavjud xavf-xatarlarni aniqlash, bartaraf etish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyati va ish rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” instituti tinglovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida dissertatsiya natijalaridan keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 6 maydagi 04-13/2160-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” institutlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligining oshishiga katta hissa qo‘shgan; 
mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ma’naviy ekspertiza tizimini tashkil etishning huquqiy asoslari hamda baholash indekatorlarini ishlab chiqishga oid xulosalar, ularni joriy etish zarurligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati va ish rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishida keng foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 30 maydagi 02/09-683-19-son ma’lumotnomasi) hamda mazkur yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligining oshishiga katta hissa qo‘shgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish