Shodiev Nurali Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy modernizatsiya jarayonida fuqaroviy faollikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish», 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ss60 
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Resublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqaroviy faollikning shakllanishi va namoyon bo‘lishini tahlil qilish asosida  siyosiy modernizatsiya jarayonida fuqaroviy faollikni oshirish mexanizmlarini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoqlardagi fuqaroviy faollikning tasnifi zamonaviy faollik shakllari (hukumat va mansabdorlar bilan onlayn muloqot, davlat boshqaruvi organlari va mutasaddilar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati, ijtimoiy muammolar muhokamasi, forumlar tashkil etish, e’lon qilingan postlarga munosabat bildirish, xabarlarni boshqalarga ulashish, xayriya ishlarini tashkil qilish) tarkibini belgilash asosida ko‘rsatib berilgan;
davlat boshqaruvi organlari va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlovchi mexanizmlar mavjud bo‘lmagan yoki faoliyatsiz bo‘lgan taqdirda noinstitusional fuqaroviy faollikning yuzaga kelishi  yakka tartibdagi va guruh shaklidagi ommaviy ta’sirchan  faollik sub’ektlari faoliyati tahlili asosida ochib berilgan;
fuqarolar faolligining jamiyatdagi ierarxik tizimi mahalliy darajadagi (qishloq-mahalla, tuman-shahar va viloyat-shahar bosqichlari) bosqichlarni belgilash orqali asoslab berilgan;
“internet hamjamiyatlar”ning fuqaroviy faollikni rivojlantiruvchi yangi institut sifatida shakllanayotgani fuqarolarning internet tarmoqlari vositasida jamiyatdagi islohotlarga  ta’sir ko‘rsatish darajasi ortayotganini aniqlash orqali ilmiy asoslangan;
davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va liberallashtirish jarayonida fuqaroviy faollikni oshirishning zamonaviy mexanizmlari jamiyatda zamonaviy fuqaroviy madaniyatni shakllantirish, ijtimoiy me’yorlarni himoyalovchi nodavlat institutlarni kuchaytirish va elektron maydonni kengaytirishni belgilash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonida fuqaroviy faollikni oshirish mexnizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
mamlakatimizda fuqarolar faolligi va ularning ijtimoiy voqeliklarga befarq bo‘lmasligi fuqarolik jamiyatining va siyosiy jarayonlarning negizida turuvchi muhim ijtimoiy omil ekanligi, davlat boshqaruvi organlari va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlovchi mexanizmlar mavjud bo‘lmagan yoki faoliyatsiz bo‘lgan taqdirda, ommaviy ta’sirchan yakka yoki guruh shaklidagi noinstitusional fuqaroviy faollik darajasining ortishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tugallangan grant bo‘yicha ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 2019 yil 11 avgustdagi 03/1748-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Fuqarolik jamiyati asoslari” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va Akademiyada tinglovchilarning fuqarolik jamiyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.
mamlakatda fuqaroviy faollikni rivojlantiruvchi yangi institut sifatida “internet hamjamiyatlar”ning shakllanayotganiga doir va axborot-kommunikatsion tarmoqlardagi fuqaroviy faollikning (hukumat va mansabdorlar bilan onlayn muloqot, davlat boshqaruvi organlari va ularning rahbarlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati, muayyan ijtimoiy muammolarni muhokama qilish, forumlar tashkil etish, e’lon qilgan postlarga munosabat bildirish va hamfikrlarning xabarlarini boshqalarga ulashish, xayriya ishlarini tashkil qilish) turlarga tasniflanishiga doir xulosalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi «Yo‘l xarita»lari va saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2019 yil 11 noyabrdagi 01/721-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar partiyaning saylovga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq jarayonlarning jonlanishiga katta hissa qo‘shgan; 
O‘zbekistonda fuqarolar faolligining mahalliy darajadagi ierarxik bosqichlari (qishloq-mahalla, tuman-shahar va viloyat-shahar bosqichlari) fuqaroviy faollik siyosiy jarayonlarning negizida turuvchi, ularni jadallashtiruvchi muhim ijtimoiy omil ekanligiga oid, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va liberallashtirish jarayonida fuqaroviy faollikni oshirishning an’anaviy va zamonaviy mexanizmlariga doir ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalardan foydalanildi Samarqand viloyati hokimligining hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Samarqand viloyati hokimligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 07-07/2071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mahalliy boshqaruvda fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish